53
2-MAVZU.
AXBORIY ERTAKLAR YOKI FEYK
NIMA DEGANI?
Treningga kirish
Bizni axborot o’rab turadi
. Biroq bu
allaqanday tushunarSiz maydon yoki
muhit. Bu yetarli darajada seziladigan
va xis etiladigan holat. Biz gadjetni
ochamiz va u yerda axborotni ko’ramiz.
Transportda ketayotganda birovning
suhbatini eshitamiz- bu ham axborot.
Internetda rolikni yoki televideniyeda ko’rsatuvni tomosha qilamiz
,
–
bu ham
a
xborotning bir turi. Ya’ni, yangiliklar, xabarlar, videolavhalar, roliklar,
fotosuratlar, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, internetdagi yoki nashrlardagi
maqolalar
–
bularning hammasi turlicha ko’rinishdagi axborot
.
Biz d
alillar va fikrlar haqida gapirganimizda, ishonchli, rost, yolg’on, aniq,
ishonchli bo’lmagan kabi so’zlarni ko’p marotaba takrorladik. Dalillar va fikrlar
axborotning elementlari bo’lgani uchun, axborot haqida ham, umuman
olganda, huddi shuni ayta olamiz.
U ham yolg’on
va rost, aniq va aniqmas,
o’ylab chiqilgan bo’lishi mumkin
.
Barchamizga ertaklar, uydirmalar, afsonalar tanish. Ularni o’qish va eshitish
bizga yoqadi. Shunday bo’lsa ham, biz ular o’ylab chiqilgan axborot ekanligini
tushunamiz: bu ertaklar va afsonalarning hammasini qachonlardir kimdir
o’ylab topgan. Bu muallif yoki xalq ertaklari haqida gap ketganda, xalq,
jamiyat bo’lishi mumkin. Muhimi, bularning barchasi uydirma
. Shu bilan
birgalikda, biz bu o’ylab chiqilgan axborotni xavfli deb bilmaymi
z. Aksincha-
ertaklarni bolalarga o’qishadi, ertaklar asosida ijobiy ishlarga o’rgatishadi
.
Lekin biz boshqa, bizga zarar keltirishi mumkin bo’lgan, uydirma axborotning
boshqa shakli bilan to’qnashib qolsakchi
? Keling, bu qanday axborotligini
ko’rib chiqam
iz. Unga xos xususiyatlar, nomi bormi; uni qanday aniqlash,
qurboniga aylanmaslik uchun nima qilish kerak.
Dostları ilə paylaş: