MM «Uchta fazoviy ekspert»
o’yini
(butun auditoriya ishlaydi).
Keling yaqin kelejakni tasavvur qilamiz. Yerdan Marsga qarab
fazo kemasi uchib ketmoqda. Shu munosabat bilan, televizon
studiyaga, ushbu hodisani izohlaydigan uchta ekspertni taklif
qilindi.
Trener oldindan uchta har hil ekspert uchun uchta turli matnlarni
tayyorlaydi. “Ekspertlar” rolini o’ynash uchun uchta ishtirokchi
taklif qilinadi. Ularning bittasiga butunlay ilmiy matn beriladi
–
bir
qator raqamlar va zerikarli dalillarga to’la. “№
1
ekspert” uni
mungli, bir ohangdagi ovoz bilan o’qishi kerak
.
“№
2
ekspertning” hamda “№
3
ekspertning” matnlari
manipulyativ, ular har tomonlama uchish loyihasini tanqidlaydi.
Ekspertlarni o’ynaydigan ishtirokchilar ularni emotsional holda
o’qishlari kerak
.
Ekspertlar bir-
biridan so’ng nutqlar bilan chiqadi. Chiqishdan
so’ng, qolgan auditoriya ushbu savolga javob berishi kerak
:
«Marsga uc
hish haqida o’z fikringizni
shakllantirdingizmi (har bir
ishtirokchi javob berishi va buni asoslashi kerak)?»
Odatda, har xil fikrlar shakllanadi va ularning yarmidan ko'pi hissiy
nutqlar ta'sirida hosil bo'ladi.
Har bir ekspert tomonidan aytilgan faktlarni eslash (flipchartdagi
ushbu ustunlarga yozib qo'yilgan).
"Faktlarni hisoblash" g'oyasi: eng oqilona ma'lumot bergan
birinchi mutaxassisning tilidan 20-30 foizdan ko'p bo'lmagan
faktlar esga olinadi. 2-chi va 3-chi mutaxassislarning nutqlaridan
- 70-80% gacha.
Ishtirokchilar bilan mashg'ulotchi birinchi mutaxassisning faktlari
nima uchun kam eslanganligini, ikkinchisidan va uchinchisidan
ko'proq eslab qolganligini batafsil tahlil qiladi; mutaxassislardan
qaysi biri manipulyatsiya qilingan; manipulyatsiya nima edi -
texnikalar deyiladi.