84
MM
Mavzuni mustahkamlash uchun o’yin formatida 2
-3 kichik
guruhlarda ishni davom ettirish mumkin.
Auditoriya 4 ta guruhga birlashadi. Ularning 2 tasi
–
targ’ibotchilar, 2 tasi
- reklamachilar.
Har bir guruhga topshiriq beriladi:
5 ta xabardan o’ylab topish
(reklamachilarga
–
reklama
matnlari, targ’ibotchil
arga
–
targ’ibot
xabarlari).
Buning asosiy g’oyasi shundaki, reklamachilar va targ’ibothilar bir
hil mavzularga doir xabarlarni o’ylab topishlari kerak
.
Misol uchun:
1)
Sabzavotlar haqida;
2)
Marsga uchish haqida.
Ya’ni
bir guruh reklamachilar
sabzavotlar haqida 5
ta shior,
targ’ibotchilar esa –
sabzavotlarni targ’ibot qilish borasida 5 ta
shiorni yaratadi. Shu tarzda qolgan
ikkita guruh Marsga uchish
mavzusi bilan ishlaydi.
Topshiriqni bajarish uchun 10 daqiqa beriladi. Vaqt tugagach,
taqdim etish va qarama-qarshi tahlil amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda guruhlarning rollarini almashtirish mumkin.
Reklamachilar endi targ’ibotchi bo’ladi va aksincha
. Mavzular ham
yangilanadi.