90
oladilar. Shu bilan birga, korporatsiyalar «nafrat tili» tushunchasi bilan ajralib
turadigan va ham shaxslarga, ham bir shaxslar guruhiga qaratilgan bayonotlar va
nashrlarning salbiy ta’sir ko’lamini tan oladilar.
Facebook kompaniyasi hattoki 2018 yilning may oyida o’tkazilgan «fuqarolik
huquqlari auditi» natijalari bo’yicha «zararli ma’lumotlar» tarqalishiga qarshi
harakatlar rejasini e’lon qildi. Ijtimoiy tarmoq rahbariyati hozirda «zararli tarkib»
bilan faol kurash olib bormoqda, «nafrat tili» deb aniqlangan ba’zi so’zlar va
iboralarni o’z ichiga olgan yozuvlar va sharhlarni bloklash va o’chirish yo’li bilan.
Ha, darhaqiqat, ko’pincha “nafrat tili”dan u yoki bu maqsadlarga erishish
uchun foydalanishadi, va odatda bu maqsadlar unchalik yaxshi bo’lmaydi.
«Nafrat tili» shunday tashkil topganki, u ma’lum bir harakatlarga bizni
undaydi. Va bunda avval o’rganilgan targ’ibotni yoki manipulyatsiyalarni eslash
o’rinli bo’ladi, – axborotni buzib ko’rsatishning ushbu elementlari ham umuman
olganda jamiyatga va uning alohida vakillariga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan.
“Nafrat tili” targ’ibot va manipulyatsiya qilishda qo’llaniladi, deb bemalol
aytishimiz mumkin.
“Nafrat tili” turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladi va uning turlari juda ko’p. Mana
ularning orasida eng keng tarqalganlari:
1. Zo’ravonlikka da’vat etish.
Biz zo’ravonlik obyekti - kimga qarshi ishlatilishi kerakligini ko’rsatib, aniq
vaziyat bilan bog’liq to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish haqida gapiryapmiz.
Ushbu zo’ravonlikni qanday vositalar bilan amalga oshirish ko’pincha ko’rsatiladi.
МP 2
Тrener auditoriyaga murojaat qiladi: sizning fikringizcha, “nafrat
tili” nima sababdan paydo bo’ldi va undan nima uchun faol
foydalanishmoqda?
Dostları ilə paylaş: