Mehnat huquqi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə11/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#139889
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
portal.guldu.uz- MEHNAT HUQUQI

Nazorat savollari:

  1. Fuqaroning muomalaga layoqatsiz deb topilishiga sabab bo’lgan asoslarni

ko’rsating.

  1. Fuqarolik huquq layoqati tushunchasini aytib bering.

  2. Huquq layoqatining boshlanishi va tamom bo’lish sabablarini ko’rsating.

4. Fuqarolarning muomala layoqati nima?
5. Huquq layoqati va muomala layoqatini farqlang.
Mavzuga oid adabiyotlar:
1.O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T. «Adolat» 2017 y.
2.O`zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi». T. «Adolat» 2014 y.
3.O`zbekiston Respublikasining Mehnat huquqi. Oliy o`quv yurtlari uchun darslik. A.A.Inoyatov. –T. «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» 2002 y.
4.O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo`yicha me`yoriy huquqiy hujjatlar to`plami. Toshkent, «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», 2006 y.
5-Mavzu: Меhnat shartnomasi
Asosiy savollar:

1. Mehnat shartnomasi tushunchasi.


2. Mehnat shartnomasining taraflari va mazmuni.
3. Mehnat shartnomasini o’zgartirish.


tayanch so’z va iboralar:
Mehnat shartnomasi; aralash fuqarolik huquqiy shartnoma; pudrat shartnoma; topshiriq shartnoma; mualliflik shartnoma; shartnoma taraflari; shartnoma mazmuni.


1-savolning bayoni
Mehnat shartnomasi tuzilishi vositasida xodim va ish beruvchining o’zaro munosabatlari huquqiy tartibga solinadi. Faqat mehnat shartnomasi tuzilishi yo’li bilangina fuqaro xodim maqomini oladi.
Mehnat qonunlari ishga qabul qilishni huquqiy jihatdan tartibga solar ekan, ish turi, joyi va kasb-korini tanlash erkinligi, mehnat huquqlarining amalga oshirilishida barcha fuqarolarning o’zaro teng ekanliklari, ijtimoiy himoya talab aholi tabaqalarini davlat qo’llab-quvvatlashining amalga oshirilishi kabi qoidalariga asoslanadi.
Mehnat huquqi fanida ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan jihatlar qatoriga quyidagilar kiritilishi mumkin:
1. Mehnat shartnomasiga ko’ra xodim korxonada muayyan kasb, ixtisos va malakaga oid ishni bajarishi, ish beruvchi esa ana shunday ish bilan ta’minlashi lozim. Har bir xodim mehnat jamoasi tarkibida bo’lgani holda bajaradigan ishning xususiyati ishlab chiqarish vazifalaridan kelib chiqqan holda tegishli kasb, ixtisos doirasida o’zgarib turishi mumkin.
2. Xodim o’z kasbi, ixtisosi, lavozimiga oid ishni korxona ichki mehnat tartibiga amal qilgan holda bajarishi lozim bo’ladi.
3. Mehnat jarayonida xodim ish beruvchi farmoyishlarini bajarishi, mehnat operatsiyalarini uning ko’rsatmalariga amal qilgan holda bajarishi lozim.
4. Mehnat Kodeksiga ko’ra (154-modda) ish beruvchi xodimga o’zining moliyaviy holatidan qat’i nazar jamoa kelishuvi yoki shartnomasida ko’rsatib qo’yilganidan kam bo’lmagan miqdorda ish haqi to’lashi kerak.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin