Mehnat huquqi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə12/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#139889
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54
portal.guldu.uz- MEHNAT HUQUQI

2-savolning bayoni
Mehnat shartnomasi ham har qanday boshqa shartnomalar singari muayyan tomonlar o’rtasida tuziladigan kelishuvdan iborat. Uning tomonlari bo’lib xodim va ish beruvchi qatnashadi. Ammo mehnat shartnomasi tarafi sifatida ishtirok etishi mumkin bo’lgan jismoniy shaxs muayyan yoshga etgan bo’lishidan tashqari (16 yoshga, ayrim hollarda 15 yoshga, qonunda maxsus ko’rsatib qo’yilgan hollarda 18 yoshga etgan bo’lishi) yana bir qator talablarga ham javob berishi lozim bo’ladi. Bu talablar fuqaro salomatligining ahvoli, uning kasb, malaka, ma’lumoti, fuqaroligi va boshqa bir qator omillarga bog’liq bo’ladi.
Masalan, fuqaro 1 yoki 2-guruh nogironi ekanligi yoki salomatligi ahvoli bo’yicha talabga javob bermasligi (tibbiy ko’rikdan o’tkazilib ishga qabul qilish mumkinligi belgilangan hollarda) uni bir qator kasb va vazifalarda ishlashligini, ya’ni mehnat shartnomasi tarafi bo’lishligini istisno etadi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 74-moddasida aytilishicha: «Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi».
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo’lgan ikki nusxada, odatda davlat tilida, zarur hollarda esa xodim tushunadigan boshqa tilda ham tuziladi
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 75-moddasiga muvofiq mehnat shartnomalari:
nomuayyan muddatga;
besh yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga;
muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuzilishi mumkin.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko’rsatilmagan bo’lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga, shuningdek muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallanib qayta tuzilishi mumkin emas.


3-savolning bayoni
Mehnat shartnomasini o’zgartirish.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 89-moddasiga ko’ra quyidagi hollar yuz berganda mehnat shartlarini ish beruvchi tomonidan bir tomonlama tarzda o’zgartirilishiga yo’l qo’yilishi mumkin:
a) korxonadagi texnologik jarayonlarda o’zgartirilishi yuz bergan, yangi texnologiyalar joriy etilgan hollarda;
b) ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, korxona tarkibiy tuzilishida, boshqaruv sxemalarida yuz bergan o’zgarishlar tufayli;
v) ishlar (xizmatlar) hajmi qisqarishi yuz berganda. Basharti bunday o’zgarish ishlar (xizmatlar) xususiyatini o’zgarishiga, xodimlari sonining qisqarishiga olib kelsa.
Agar korxonada ish hajmi, xodimlar shtati qisqarishi, xodim malakasi etarli bo’lmaganligi yoki salomatligi yomonlashgani tufayli egallab turgan vazifasiga noloyiq bo’lib qolishi, shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklanishi kabi ob’ektiv holatlar tufayli xodim ish beruvchi tomonidan taklif etilgan boshqa doimiy ishga o’tib ishlashdan bosh tortsa, u holda ish beruvchi bunday xodimni umumiy asoslarda ishdan bo’shatishga haqli (MK 100-moddasining 2-qismi, 1, 2-bandlari, 106-moddasining 2, 4-bandlari).
Mehnat shartnomasi shartnoma taraflari kelishuviga ko’ra istagan paytda o’zgartirilishi mumkin
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 89-moddasiga kura quyidagi hollar yuz berganda mehnat shartlarini ish be­ruvchi tomonidan bir tomonlama tarzda o’zgartirilishiga yo’l qo’yilishi mumkin:
a) korxonadagi texnologik jarayonlarda o’zgartirilishi yuz bergan,
yangi texnologiyalar joriy etilgan hollarda;
b) ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar,
korxona tarkibiy tuzilishida, boshqaruv sxemalarida yuz bergan
o’zgarishlar tufayli;
v) ishlar (xizmatlar) hajmi qisqarishi yuz berganda. Basharti bun-­
day o’zgarish ishlar (xizmatlar) xususiyatini o’zgarishiga, xodimlari so-
nining qisqarishiga olib kelsa.
Yuqoridagi sabablar yuzaga kelgan taqdirda ish beruvchi xodimni kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, tilxat olishi shart. Xodim yangi, o’zgargan mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni istamasa, u holda ish beruvchi bunday xodimni kamida bir oylik o’rtacha ish haqi miqdorida ishdan bo’shash nafaqasi bergan holda ish­dan bo’shatishga haqli bo’ladi. Ish beruvchining bunday harakatidan norozi bo’lgan xodim belgilangan tartibda mehnat nizosi hal etilishini so’rab sudga murojaat qilishga haqli.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin