Mehnat huquqi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə15/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#139889
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
portal.guldu.uz- MEHNAT HUQUQI

2-savolning bayoni
Mehnat shartnomasining xodim tashabbusi bilan bekor qilinishi
Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ish beruvchini ikki hafta oldin yozma ariza taqdim etish orqali xabardor qilishi, ikki hafta o’tgach, ishni to’xtatishga haqli, ish beruvchi esa shu muddat o’tgach xodimni ishdan bo’shatish, u bilan hisob-kitob qilishi va mehnat daftarchasini rasmiylashtirib berishi shart. Xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasi uning huquqiy erkini, xohish-istagini ifoda etmog’i zarur va ish beruvchining qistovida berilgan ariza keyinchalik sud yo’li bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusiga ko’ra ikki haftalik ogohlantirish muddati tugagunga qadar ham ish beruvchi bilan xodimning kelishuviga ko’ra bekor qilinishi mumkin. Qonunda belgilangan yoki taraflar kelishuviga ko’ra qisqartirilgan ogohlantirish muddati o’tmasdan xodimning roziligisiz mehnat munosabatlarini bekor qilish ushbu mehnat shartnomasini tugatishni g’ayriqonuniy deb topishga va xodimni avvalgi ishiga tiklash haqidagi talabini qanoatlantirishga asos bo’ladi. Xodimni ogohlantirish muddati o’tmasdan o’zboshimchalik bilan ish tashlash u tomonidan mehnat majburiyatlarini buzish deb baholanadi.
Arizani berish sanasi uni ish beruvchiga (korxona boshlig’iga, uning muoviniga, qabulxona kotibiga, kadrlar bo’limiga, devonxonaga va b.) topshirgan kun hisoblanadi, ogohlantirish muddati esa keyingi kundan boshlanadi. Ogohlantirish muddatiga kalendar bo’yicha barcha kunlar kiradi. Ogohlantirish muddatining tugashi dam olish kuni yoki bayram (ish kuni bo’lmagan kunga) kuniga to’g’ri kelsa, oxirgi ish kuni va shartnomaning bekor bo’lish kuni bo’lib dam olishdan yoki bayramdan so’nggi birinchi kun hisoblanadi.
Qonunda belgilangan yoki taraflar kelishuviga ko’ra qisqartirilgan ogohlantirish muddati tugagach, xodim ishni to’xtatishga haqli, ish beruvchi esa xodimga mehnat daftarchasi va mehnat shartnomasi bekor qilingani haqidagi buyruqdan nusxa berib, u bilan hisob-kitob qilishga majbur, ish beruvchi tomonidan kechiktirishga, shuningdek, boshlangan ishni tugatmagani, qarzi yo’qligi varaqasini imzolamagani, xodimni moddiy qiymatlarni topshirmagani munosabati bilan ham kechiktirishga yo’l qo’yilmaydi.
Qonunda belgilangan yoki xodim va ish beruvchi kelishuviga ko’ra qisqartirilgan ogohlantirish muddati davomida xodim mehnat shartnomasi tugatilganligi haqida buyruq chiqarilganiga qadar arizasini qaytarib olishga haqli. Xodimning o’rniga boshqa taklif etilganligi unga arizasini qaytarib olishni rad qilishga asos bo’lmaydi, chunki ish beruvchi faqat avvalgi xodim o’rtasidagi mehnat shartnomasini bekor qilgandan keyingina bu ish (lavozim)ga boshqa xodimni taklif qilishga haqli.
Ogohlantirish muddati o’tgan bo’lsada, mehnat shartnomasi bekor qilinmagan va mehnat munosabatlari davom etayotgan bo’lsa, xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasi o’z kuchini yo’qotadi va bu arizaga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi.
Agar xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizada u tomonidan ishni davom ettirishning imkoniyati yo’qligi asoslantirilgan (o’quv yurtiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qo’yiladigan lavozimga saylanishi va h.k.) bo’lsa, ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilgan muddatda bekor qilishi kerak.
Xodim ishdan bo’shash to’g’risidagi o’z arizasini ish beruvchidan u ishdan bo’shatish haqida buyruq chiqarguniga qadar istagan paytda qaytarib olishga yoki uni bekor qiluvchi boshqa ariza berishga haqli. Bunday holda xodim tashabbusi bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 104-moddasida aytilishicha:
Muddatli mehnat shartnomasida uni muddatidan oldin bekor qilganlik uchun taraflarning neustoyka to’lashi haqidagi o’zaro majburiyatlari nazarda tutilishi mumkin.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin