Mehnat huquqi


O’QUV MATERIALLARI MAZMUN



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə2/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#139889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
portal.guldu.uz- MEHNAT HUQUQI

O’QUV MATERIALLARI MAZMUNi


1-Mavzu: Mehnat huquqi tushunchasi.
Asosiy savollar:
1. Mehnat huquqining tushunchasi va predmeti.
2. Mehnat huquqining uslubi va vazifalari.
3. Mehnat huquqining tizimi.
tayanch so’z va iboralar:
Mehnat; ijtimoiy himoya; mehnat qonunchiligi; lokal huquqiy hujjatlar; mehnat huquqi tizimi; mehnat huquqi institutlari; mehnatni muhofaza qilish; mehnat huquqi uslublari.


1-savolning bayoni
Mehnat huquqi huquqshunoslik tarmoqlari orasida etakchi o`rin tutadi. U ijtimoiy mehnatga oid munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar tizimidan iborat. Bu munosabatlar mehnat bozoriga amal qilish, mehnatni tashkil qilish va uni qo`llash jarayonida namoyon bo`ladi.
Mehnatga oid munosabatlar quyidagi o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi:
Mehnatga oid munosabatning sub`ekti - xodim korxona, muassasa, tashkilotning mehnat jamoasi tarkibiga qo`shiladi va o`z mehnati bilan korxona jamoasi oldidagi vazifani bajarishga kirishadi.
Ijtimoiy mehnat taqsimotiga ko`ra, muayyan mehnat funktsiyasini bajarish xodim majburiyatlarining predmetini tashkil etadi. Muhimi shuki, bu ish bir qancha kishilar faoliyati bilan uyg’unlashgan, ya`ni mehnat kooperatsiyasi doirasida bajariladi.
Xodimning va mehnat jamoasi har bir a`zosining ish faoliyati muayyan rejim o`rnatilgan sharoitda amalga oshiriladi. Mehnatga oid munosabatlar sub`ektlarining mehnatni tashkil etishga doir tartib-intizom, qoida - talablariga bo`ysunishi mehnatga oid munosabatlarning izchilligi va samaradorligini belgilovchi zarur omillardan biri.
Mehnatga oid munosabatlar ixtiyoriy harakterga ega bo`lsada, ular bevosita ishlab chiqarish doirasida namoyon bo`ladi va muayyan maqsadlarni ko`zlab amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali faoliyat sanaladi.
Xulosa qilib aytganda, mehnat huquqining predmetini, ya`ni mehnat shartnomasi bo`yicha ishlayotgan xodimlar mehnatining ishlab chiqarishda qo`llanishi tufayli paydo bo`ladigan ijtimoiy mehnatga oid munosabatlar tashkil etadi. Ushbu munosabatlar mehnat huquqi predmetining yadrosi hisoblanadi.
Ijtimoiy voqelikda mehnat huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar tizimi mehnatga oid munosabatlardan tashqari, ular bilan muayyan tarzda bog’langan boshqa munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu munosabatlar mehnat munosabatlaridan ilgariroq, ular bilan bir vaqtda, yoxud bevosita mehnat munosabatlaridan kelib chiqishi mumkin. Mazkur munosabatlar jumlasiga: Mehnat sohasida tashkiliy boshqaruvga oid munosabatlarni;
Ishga joylashtirishga oid munosabatlarni ;
Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog’liq munosabatlarni;
Mehnat muxofazasi va mehnat qonunchiligiga rioya etishni nazorat qilishga doir munosabatlarni;
Mehnat nizolarini hal etish bilan bog’liq munosabatlarni kiritish mumkin.
Yuqorida sanab o`tilgan munosabatlarning har biriga xos xususiyatlarga qisqacha to`xtalib o`tamiz.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin