Mehnat huquqi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə23/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#139889
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
portal.guldu.uz- MEHNAT HUQUQI

2-savolning bayoni
Normal ish vaqtidan chetga chiqqan bajarilgan ishlar uchun haq to`lash tartibi
Mehnat kodeksining 157-moddasida ko`rsatilganidek, ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorda haq to`lanadi. To`lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida belgilab qo`yiladi. SHu kunlarda bajarilgan ish uchun xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni berilishi mumkin. Xodimning iltimosiga binoan, ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan miqdorda otgul berilishi ham mumkin, Bayram yoki dam olish kunlari yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ishlar uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorida haq to`lanadi. Qoidaga ko`ra, tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida bir yarim barobar miqdorda haq to`lanadi. Tungi vaqtdagi ish uchun oshirilgan miqdorda to`langan haq tarif stavkasiga (mansab maoshiga) qo`shilmaydi.
Jamoa shartnomasida kechki smenadagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq to`lash nazarda tutilishi mumkin. Bevosita tungi smenadan oldingisi kechki smena hisoblanadi. Xodimning aybisiz yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib qolingan vaqtda uning o`rtacha ish haqi saqlanadi. Xodimning aybi bilan tayyorlangan qisman yaroqsiz mahsulot uchun kamaytirilgan ishbay baholar bo`yicha haq to`lanadi, bunday baholar jamoa shartnomasida belgilab qo`yiladi.
Xodimning aybi bilan tayyorlangan mutlaqo yaroqsiz mahsulot va bekor turib qolingan vaqt uchun haq to`lanmaydi.
Kodeksning 160-moddasida ko`rsatilganidek, bir necha kasbda (lavozimda) ishlagan, xizmat ko`rsatish doirasi kengaygani, bajariladigan ishlar hajmi ortgani, o`zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo`lmagan xodimlarning vazifasini bajargani uchun, shuningdek, o`rindoshlik asosida ish bajarilganida, xodimlarning mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasining taraflari o`rtasidagi kelishuvga binoan amalda bajarilgan ish yuzasidan belgilanadi. Mehnatga haq to`lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilab qo`yiladi. Jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq to`lash belgilangan muddatlar kechiktirilgani uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin. Xodimlarga ish haqi, odatda, ular ishlayotgai joyda to`lanadi.
Mehnat kodeksining 164-moddasida mehnat haqidan ushlab qolish mumkin bo`lgan holatlar ko`rsatilgan. Umumiy qoidaga ko`ra, xodimning yozma roziligi bilan, rozilik bo`lmasa sudning qaroriga asosan, mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin. Ushbu moddada xodimning roziligidan qat`i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin bo`lgan holatlar sanab ko`rsatilgan. Ish haqini har gal to`lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga tegishli bo`lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi lozim.
Qoidaga ko`ra, o`rtacha oylik ish haqi keyingi ikki kalendar’ oydagi o`rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi.
Xodim mehnat ta`tilida bo`lganda, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, ikki oygacha bo`lgan muddatda ish qidirish (mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ma`lumotnomaga muvofiquch oy), shuningdek kasallik davrida tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan xollarda, mehnatga haq to`lashning yangi shartlaridagi korxona, tashkilot va muassasalarning ishlagan kunlariga to`g`ri kelgan ish kunlarining amaldagi soni uchun to`lovlar qayta hisoblanadi.
quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat`i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:
O`zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa ijro hujjatlari majburiy to`lovlarni undirish uchun;
sudning qarorlari va boshqa ijro etish uchun;
ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xo`jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o`tganligi munosabati bilan berilgan bo`lib, sarf qilinmay qolgan va o`z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to`langan summani qaytarib olish uchun.
Bunday hollarda, ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to`lash uchun belgilangan muddat tamom bo`lgan kundan yoxud haq to`lash noto`g`ri hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat o`tib ketgan bo`lsa yoki xodim xo`jalik ehtiyojlari bilan xizmat safariga borgani yoxud boshqa joyda ishga o`tgani sababli berilgan avansning ushlab qolinishini asossiz yoki miqdorini noto`g`ri deb hisoblasa, u qarz sud tartibida undiriladi;
hisobidan xodim ta`til olib bo`lgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda, ta`tilning ishlanmagan davriga tegishli kunlari uchun. Ana shu kunlar uchun haq mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 89-moddasi 4-qismida, 100-moddaning 2-qismi 1 va 2-bandlarida, 106-moddanimg 1 va 2-bandlarida ko`rsatilgan asoslarga ko`ra, shuningdek, o`qishga kirgani yoki pensiyaga chiqqani munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi;
xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan zararni qoplash uchun, agar etkazilgan zararning miqdori xodimning o`rtacha oylik ish haqidan ortiq bo`lmasa;
6) ushbu Kodeksning 181-moddasi 1-qismining 2-bandida nazarda tutilgan jarimani undirish uchun.
Yuqorida ta`kidlanganidek, ish haqini to`lash vaqtida ushlab qolinadigan to`lovning umumiy miqdori xodimga tegishli bo`lgan mehnat haqining 50%dan ortib ketmasligi lozim. Shuningdek, mehnat haqi, qoida tariqasida pul shaklida to`lanadi. Mehnatga haqni alkogolli va tamaki mahsulotlari bilan, shuningdek, ro`yhati O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilab qo`yiladigan boshqa tovarlar tarzida to`lash taqiqlanadi (MKning 153-moddasi).
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlarini ta`minlash, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxona va tashkilotlar xodimlariga ish haqi o`z vaqtida va to`liq to`lanishi uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning javobgarligini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 2002 yil 19 martda ish haqi o`z vaqtida to`lanishiga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida" 88-sonli qaror qabul qilingan. Mazkur qarorda ta`kidlanishicha, 2002 yil apreldan boshlab mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona va tashkilotlarning ish haqini tovarlar bilan natura shaklida to`lashi taqiqdanadi. Ammo qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan etishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga ko`ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xo`jalik mahsulotlari bundan mustasnodir.
Qarorda vazirliklar, idoralar, xo`jalik birlashmalari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona va tashkilotlar rahbarlari xodimlarga ish haqi o`z vaqtida va to`liq to`lanishi uchun shaxsan javobgarligi belgilab qo`yilgan.
Bundan tashqari, qarorda O`zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga, kasaba uyushmalarining tarmoq kengashlariga, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mehnatga haq to`lashni tartibga solishda va uning o`z vaqtida to`lanishini ta`miilashda jamoa shartnomalarining, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning boshqa normativ hujjatlarining rolini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar ko`rish tavsiya etilgan. Bu chora-tadbirlarda ish haqi o`z vaqtida to`lanmagani uchun ish beruvchilarning moddiy javobgarligi ham nazarda tutilishi alohida qayd etilgan.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin