3-savolning bayoni Mehnat huquqi tizimi deganda, mehnat huquqi normalarining ilmiy jihatdan asoslangan tarzda joylashish tartibi va klassifikatsiyasi tushuniladi. Bu tizim ikki qismga: umumiy va maxsus qismga bulinadi.
Umumiy qismda mehnat huquqi tushunchasi va predmeti, usullari, asosiy vazifalari, asosiy manba va tamoyillari, mehnat huquqining sub`ektlari, mehnatga oid huquqiy munosabatlar, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomasi va kelishuvlari kabi institutlarga taalluqli huquqiy nomalar o`rganiladi.
Maxsus qismda esa, mehnatga oid munosabatlarning alohida jihatlarini boshqaruvchi yoki ular bilan bog’liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlarning ayrim turlarini tartibga solish jarayonida paydo bo`lgan institutlar va o`ziga xos huquqiy normalar o`rganiladi. Ular jumlasiga:
aholini ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi(kontrakt); ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq to`lash; kafolatli to`lovlar va kompensatsiya to`lovlari; mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; mehnat intizomi; mehnat muxofazasi; ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo`shimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari kabi institutlar kiradi. Mehnat huquqi tarmog’i va mehnat qonunchiligi tizimlari o`rtasida muayyan farq mavjudligini ta`kidlab o`tish lozim. Mehnat huquqi tizimi asosan huquqiy normalar majmuasini o`z ichiga qamrab olsa, mehnat qonunchiligi tizimi esa mehnatga oid barcha xujjatlarni qamrab oladi.
YUridik adabiyotda mehnat huquqi fanining tizimi, predmeti va mazmun - mohiyati jihatidan mehnat huquqi hamda mehnat qonunchiligi tizimlariga qaraganda kengroq ekani e`tirof etilgan.
Nazorat savollari: Fuqarolik huquqi tushunchasi va predmeti nimada ifodalanadi?
Fuqarolik huquqi manbaalarini ko’rsating.
Fuqarolik huquqiy munosabatlar nima?
Fuqarolik huquq va burchlarini vujudga kelish asoslarini aytib bering.