Mehnat huquqi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə7/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#139889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
portal.guldu.uz- MEHNAT HUQUQI

2-savolning bayoni
O`zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta`minlash to`g’risida”gi 1998 yil 1 maydagi qonuni aholini ish bilan ta`minlashga oid munosabatlarni tartibga solish, erkin mehnat qilish tamoyilini amalga oshirish borasidagi kafolatlarni aniq belgilab beruvchi normativ huquqiy hujjatdir. Ushbu qonun O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga ham tadbiq etiladi. (Shu qonunning 1-moddasi).
Aholini ishga joylashtirishga doir huquqiy munosabatlar mustaqil, shu bilan birga uzviy bog’langan quyidagi munosabatlardan iborat:
- mahalliy mehnat organi bilan ish qidirayotgan fuqaro o`rtasidagi huquqiy munosabatlar;
- mahalliy mehnat organi bilan ish beruvchi o`rtasidagi munosabatlar;
- ishsiz shaxs bilan ish beruvchi o`rtasidagi munosabatlar.
Bu huquqiy munosabatlarning har biri o`z sub`ektlari, mazmuni jihatidan mustaqildir. Lekin ular fuqaroni ishga joylashtirishda ko`mak berish, ish beruvchilarni munosib kadrlar bilan ta`minlash kabi umumiy maqsad yo`lida bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir.
Ish qidirayotgan va mehnat organiga murojaat qilgan fuqaro taklif etiladigan ish turini, ish joyini va mehnat rejimini erkin tanlash maqsadida kasbga doir bepul maslahatlar olish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlashdan o`tish, malakasini oshirish hamda tegishli axborot olish huquqiga ega. MKning 102-moddasiga ko`ra, ish beruvchi kamida 2 oy oldin ishdan bo`shatilishi mumkin bo`lgan har bir xodimning kasbi, mutaxassisligi va mehnat haqi miqdorini ko`rsatib, bu haqda mahalliy mehnat organiga tegishli ma`lumotnoma taqdim etishi shart.
Ish qidirayotgan fuqaro bilan ish beruvchi o`rtasidagi munosabatlar, odatda, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan ilgariroq vujudga keladi va mahalliy mehnat organlari tomonidan fuqaroning ishga joylashuvi yoki yangi kasb bo`yicha o`qishi uchun berilgan yo`llanma ish beruvchiga topshirilgandan so`ng ro`yobga keladi.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin