Mehnat huquqi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə27/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#139889
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
portal.guldu.uz- MEHNAT HUQUQI

3-savolning bayoni
Intizomiy javobgarlik
O`z mehnat burchlarini qonunga muvofiq ravishda bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmagani uchun aybdor bo`lgan xodimga ta`sir ko`rsatish vositasi sifatida mehnat qonunchiligida intizomiy javobgarlik belgilangan. Intizomiy javobgarlikka tortish uchun xodim tomonidan sodir qilingan intizomga xilof nojo`ya hatti-harakat asos bo`ladi.
Intizomga xilof nojo`ya harakat xodimning o`z mehnat vazifalarini jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo`lmaydigan darajada qonunga nomuvofiq ravishda o`z aybi bilan bajarmaslik yoki nobop bajarilishini anglatadi. Xodimning nomuvofiq hatti-harakati, odatda, uning zimmasiga mehnat shartnomasi yoki korxonadagi ichki mehnat tartibini belgilovchi normativ aktlar (masalan, ichki mehnat tartib qoidalari, texnika xavfsizligi qoidalari, mansabga oid yo`riqnomalar, nizomlar va boshqalar) bilan yuklangan mehnat vazifalarini buzishida ifodalanadi. Intizom xilof nojo`ya hatti-harakat xodimning o`z aybi bilan, ya`ni qasddan yoki extiyotsizlik tufayli qilgan harakat yoki harakatsizligidir. Xodimga bog`liq bo`lmagan sabablar bilan (malakasi yoki mehnat layoqati etarli emasligi, tegishli ish sharoiti ta`minlanmaganligi va boshqa sabablar) mehnat vazifasini bajarmaslik yoki nobop bajarish mehnat intizomini buzish deb qaralishi mumkin emas. Intizomga xilof nojo`ya hatti-harakati uchun xodim, odatda ish beruvchi tomonidan intizomiy javobgarlikka tortiladi. Bunday hatti-harakat sodir qilish intizomiy jazo berishga yoki boshqa ta`sir choralarini qo`llashga sabab bo`ladi; agarda korxona, muassasa, tashkilotga moddiy zarar etkazilgan bo`lsa, xodim mehnat huquqi normalari bo`yicha moddiy javobgarlikka tortiladi. Shu bilan birga, zarar etkazilishiga sabab bo`lgan harakati yoki harakatsizligi uchun xodim intizomiy jazoga tortilishi yoki tortilmasligidan qat`i nazar zarar undirib olinadi.
Intizomiy javobgarlikning barcha turlari quyidagi belgilar bilan ajralib turadi: xodimga faqat qonunlarda va intizom ustavlarida, nizomlarda ko`rsatilgan jazolarni berish mumkin; mehnat intizomi buzilgan har bir xolat uchun faqat bitta intizomiy jazo chorasi qo`llaniladi; jazo berishda sodir etilgan nojo`ya harakatning og`ir-engilligi, u sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va hulq-atvori e`tiborga olinishi kerak; intizomiy jazo bevosita nojo`ya hatti-harakat sodir qilinganligi ma`lum bo`lgandan keyin qo`llaniladi.
Quyidagilar asossiz ravishda intizomiy jazo berilishiga qarshi huquqiy kafolatlardir: mehnat intizomini buzuvchidan yozma ravishda bayonot talab qilinishi, buyruq haqida xodimni xabardor qilish va bu haqda tilxat olish, berilgan jazo ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqi; umumiy intizomiy javobgarlikka tortilganda mehnat nizolari komissiyasiga, sudga, maxsus intizomiy javobgarlikka tortilganda esa bo`ysinish tartibida yuqori organlarga shikoyat qilish mumkin.
Intizomiy javobgarlik ichki mehnat tartibi qoidalariga binoan korxona, muassasa va tashkilotlar xodimlarining aksariyat qismiga tatbiq etiladi. Maxsus intizomiy javobgarlik belgilangan xodimlar toifasi bundan mustasnodir. Umumiy intizomiy javobgarlikda mehnat intizomini buzganlik uchun jazo choralari, ularning qo`llanish tartibi, ular ustidan shikoyat qilish va jazoni olib tashlash tartibi Mehnat kodeksida («Mehnat intizomi» bobi) hamda Namunaviy ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan. Intizomiy jazo ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organ) tomonidan beriladi.
Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq, ish beruvchi mehnat intizomini buzgani uchun xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini qo`llashga haqli:
1)xayfsan;
2)o`rtacha oylik ish haqining 30%idan ortiq bo`lmagan miqdorda jarima. CHunki mehnat tartibi qoidalarida o`rtacha oylik ish haqining 50%idan ortiq bo`lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarimani ushlab qolish Kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilgan ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;
3) Mehnat shartnomasini bekor qilish (MK 100-moddasing 2-qismi 3,4-bandlari). Muhimi shundaki, qonunda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarining qo`llanilishi qat`iyan ta`qiqlanadi.
Mehnat kodeksining 182-moddasida belgilangan intizomiy jazo choralarining qo`llash tartibiga ko`ra, bunday jazo qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qo`llaniladi.
Intizomiy jazo qo`lllanilishidan oldin xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishidan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo`ya hatti-harakati uchun jazo qo`llashga to`siq bo`la olmaydi.
Intizomiy jazo bevosita nojo`ya hatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu hatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta`tilda bo`lgan vaqtidan tashqari, uzog`i bilan bir oy ichida qo`llaniladi. Nojo`ya hatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy o`tganidan keyin, bu xol moliya-xo`jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda, sodir etilgan kundan boshlab ikki yil o`tganidan keyin jazoni qo`llab bo`lmaydi. Jinoiy ish bo`yicha ish yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi.
Intizomiy jazoni amal qilish muddati jazo belgilangan kundan boshlab bir yildan oshib ketmasligi lozim. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan hisoblanadi.
Mehnat nizosini ko`rib chiqayotgan organ sodir etilgan nojo`ya hatti-harakat qanday vaziyatda yuz berganligini, xodimning xulq-atvorini, mehnatga bo`lgan munosabatini, intizomiy jazoning sodir etilgan nojo`ya hatti-harakatning og`irlik darajasiga mos kelishini, ish beruvchining intizomiy jazo berish tartibiga rioya qilganligini hisobga olib, xodimga nisbatan qo`llanilgan intizomiy jazoni g`ayriqonuniy deb topish va uni bekor qilish to`g`risida qaror chiqarishga haqli.
Intizomiy jazolar mavjud qoidalarga muvofiq, o`sha shaxsni lavozimga tayinlash huquqiga ega bo`lgan shaxslar yoki organlar tomonidan yoxud mazkur shaxslar va organlarga nisbatan bo`ysinish tartibida yuqori turuvchi shaxslar va organlar tomonidan beriladi. Jazo qonunsiz berilgan deb topilgan taqdirda, yuqori turuvchi organ jazoni bekor qilish to`g`risida buyruq chiqarish va uni xodimga hamda ish beruvchiga darhol yuborishi shart.
Yuqorida ta`kidlanganidek, halq xo`jaligining ayrim tarmoqlari xodimlarining intizomiy javobgarligi intizom haqidagi ustavlar bilan tartibga solinadi va bu ustavlar qo`llaniladigan shaxslar doirasi aniq belgilangani, qattiqroq intizomiy jazo choralari qo`llanilishi, choralarni mehnat funktsiyasining mazmuni va sodir etilgan nojo`ya hatti-harakatning og`ir-engilligiga qarab differentsiyalangani bilan, turli mansabdor shaxslarning intizomiy jazo berishga oid vakolati belgilab qo`yilgani bilan ajralib turiladi.
Sud’yalar, prokuratura organlarining xodimlari alohida qonun hujjatlariga muvofiq, intizomiy javobgarlikka tortilishi belgilab qo`yilgan.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin