Mehnat huquqi


kengashi raisi: dots. B.To’ychiboev



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə41/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#139889
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
portal.guldu.uz- MEHNAT HUQUQI

kengashi raisi: dots. B.To’ychiboev
1.KIRISh
Oliy ta’lim tizimida yuksak malakali, ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarni mustaqil hal qila oladigan, yangi texnika va texnologiyalarga tez moslanishga layoqatli kadrlarni tayyorlashda ta’lim jarayonini zamonaviy o’quv-metodik majmualar bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
Mexnat huquqi fanidan O’quv-metodik majmua (O’MM) – davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan talabalar tomonidan egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishni, o’quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o’rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv –uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, o’qitish texnologiyasi, baholash metodlari va mezonlarini o’z ichiga oladi.


FANNI O’QITIShDAN MAQSAD VA VAZIFALAR
Talabalarni Mexnat huquqiga oid bilimlar bilan qurollantirish; Ma’muriy huquqni o’rgatish; talablarning qonunshunoslikka bo’lgan qiziqishini rivojlantirish, ularda milliy tiklanish hissini tarbiyalashdir.
«Mexnat huquqi» fanining maqsadi quyidagilardan iborat: Talabalarga Mexnat huquqining Asosiy qonun sifatida jamiyat va davlat xayotida tutgan o’rnini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, burchlarini, konstitutsiyaviy qonunlar va xuquq manbalarining xususiyati to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantirishdan iborat.
Talabalarga Mexnat huquqining mazmun-moxiyatini, fuqarolarning xuquqiy ongini yuksaltirishni, davlat mustaqilligini xuquqiy asoslarini, fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalarini, davlat xokimiyati va sud-xuquq tizimidagi o’zgarishlarni yaqindan tanishtirish.
Shuningdek bu fan bo’yicha talabalar quyidagi ko’nikmalarni hosil qilgan bo’lishlari lozim: Mexnat huquqining ustuvorligini yanada chuqurroq bilishlari, davlat hayotini demokratlashtirish hamda inson va fuqoralar huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqiy davlatni barpo etish sohasida samarali faoliyat ko’rsatish. Fuqoralik jamiyatni qaror toptirishda faol, erkin fikrlaydigan va samarali faoliyat ko’rsata olish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatlarni oshirish.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin