4.8. Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi
Korxona xodimlari bilan ish haqi va deponentlar bo‘yicha hisob-kitoblardan tashqari boshqa hisob-kitob turlarini ham olib borishlari mumkin. Kredit hisobiga sotib olingan tovarlar bo‘yicha hisob-kitoblar, o‘y-joy kurish uchun olingan ssudalar, moddiy boyliklarning kamomadi bo‘yicha zararlarni qoplash uchun berilgan summalar bo‘yicha hisob-kitoblar xodimlar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha hisob- kitob muomalalarini tashqil etadi. Ushbu hisob-kitoblarni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ko‘zda to‘tilgan:
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari”;
4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari”;
4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzlari”;
4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”;
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari” hisobvarag‘ida korxona xodimlariga kreditga berilgan tovarlar yuzasidan hisoblashishlar hisobga olinadi.
Kreditga tovarlar sotib olgan shaxslar ishlovchi korxona bank krediti hisobiga uning ishchilariga berilgan kredit summalarini savdo korxonalariga to‘laligicha o‘tkazadilar.
Kreditga tovar sotib olgan xodimlarning qarzi uchun bank kreditlari olinsa, quyidagicha provodka beriladi:
Debet 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi”
Kredit 6710, 7810
Korxona xodimlardan kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha haqlarni ish haqidan
ushlab qoladi:
Debet 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”
Kredit 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi”
So‘ngra ushlab krlingan summalar bank kreditini so‘ndirish uchun yo‘naltiriladi:
Debet 6810, 7810
Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti”
4720-“Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari” hisobvarag‘ida korxona ishchilariga berilgan qarzlariga oid hisoblashishlar aks ettiriladi, Masalan, uy-joy qurilishiga, dala xovlilarni harid qilish yoki qurish uchun va hakazo.
Xodimlarga ushbu maqsadlar uchun qarz berilganida quyidagicha provodka beriladi:
Debet 4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari”
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti”
Agar mablag‘lar korxonaga berilgan kredit hisobiga bevosita bank tomonidan xodimga berilsa, u holda quyidagicha provodka beriladi:
Debet 4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari”
Kredit 6810 “Qisqa muddatli kreditlar”
Kredit 7810 “Uzoq muddatli kreditlar”
Qarzdor xodimlardan to‘lovlar kabul qilishganda quyidagicha yozuv qilinadi: Debet 5010, 5110, 6710
Kredit 4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi”
Bank kreditlarini so‘ndirish paytida:
Debet 6810, 7810
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti”
Korxona tomonidan savdo tashkilotidan 600 ming so‘m summaga topshiriq - majburiyat olindi. Topshiriq-majburiyatga ko‘ra korxona to‘rt kalendar oyi mobaynida har oyda savdo tashkiloti foydasiga A.samadovdan 150 ming so‘m ushlab qolishi kerak.
variant. Korxona xodimning ish haqidan ushlab qolingan summalarni bevosita savdo tashkilotiga o‘tkazadi:
Dostları ilə paylaş: |