Mehnatni rag‘batlantirish va uning turlari


Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish



Yüklə 85,45 Kb.
səhifə4/7
tarix26.11.2023
ölçüsü85,45 Kb.
#135466
1   2   3   4   5   6   7
10 MEHNATNI RAG‘BATLANTIRISH VA UNING TURLARI

Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish


Mehnatga haq to‘lashning mohiyati va iqtisodiy mazmuni iqtisodiy nazariyaning eng muhim masalalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 153- moddasiga muvofiq: “Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p mikdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, rag‘batlantirish tarzidagi to‘lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi” 17.
Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish tushunchasi ish haqi tarkibi, mehnat miqdori va sifatining unga to‘lanadigan haqqa mosligi, shuningdek mehnatga haq to‘lashning tarkibiy qismlari (me’yorlash, tariftizimi, mukofotlar, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va hokazolar) hisobga olinishi kerak.
Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish tamoyillari iqtisodiy qonunlar amal qilishni aks ettiruvchi obyektiv, ilmiy asoslangan qoidalar bo‘lib, ular ish haqi funktsiyalarini to‘liqroq namoyon etishga yo‘naltirilgandir.
Mehnatga haq to‘lash negizida ijtimoiy ishlab chiqarishda mulkchilik shakllari, davlatning eng kam ish haqini belgilash sohasidagi siyosati, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish darajasi, mamlakat milliy boyligiga bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina tamoyillar yotadi.
Tarif stavkalari. Ular personal turli guruh va toifalarining vaqt birligi (soat, kun, oy)da bajargan ishlariga to‘lanadigan haq mutlaq miqdorining pul shaklidagi ifodasidir. Ular har bir malaka razryadi bo‘yicha belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasida mehnatga haq to‘lashning 1 dan 22 gacha razryadi bo‘lgan Yagona tarif setkasi joriy etilgan bo‘lib, u quyidagi 13.1-jadvalda ifodalangan:
13.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida Mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi2

Mehnatga haq
to‘lash razradlari

Tarif koeffitsentlari

1

2,476

2

2,725

3

2,998

4

3,297

5

3,612

6

3,941

7

4,284

8

4,640

9

4,997

10

5,362

11

5,733

12

6,115

13

6,503

14

6,893

15

7,292

16

7,697

17

8,106

18

8,522

19

8,923

20

9,371

21

9,804

22

10,240

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 11-yanvardagi 6-sonli Qarori tahririda - O‘zR QXT 2012 y.,2-son, 17-modda)
Ushbu Yagona tarif setkasi barcha xodimlar - eng past malakali xodimlardan boshlab respublika miqyosidagi eng yuqori lavozimdagi rahbarlar mehnatiga haqto‘lashni ko‘zda tutadi.
Yagona tarif setkasi xodimlar barcha toifalari mehnatiga razryad bo‘yicha haq to‘lash tizimi hisoblanadi. Razryadlar bo‘yicha haq to‘lash stavkalari bajarilayotgan ishning murakkabligi hamda xodimlar malakasiga qarab tabaqalashtiriladi.

Yüklə 85,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin