Mehnatni rag‘batlantirish va uning turlari


Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimlari



Yüklə 85,45 Kb.
səhifə5/7
tarix26.11.2023
ölçüsü85,45 Kb.
#135466
1   2   3   4   5   6   7
10 MEHNATNI RAG‘BATLANTIRISH VA UNING TURLARI

Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimlari


Ish haqining shakl va tizimlari ish vaqti sarfi, personalning mehnat unumdorligi va uning ish haqi miqdori nisbatlarini ifodalaydi, shuningdek ishhaqi elementlari: tarif qismi, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar, mukofotlar o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Ishbay ish haqi miqdori xodimning mehnat unumdorligiga bog‘liqdir. Ma’lumki, mehnat unumdorligi erishilgan ish natijasiga, xususan vaqt birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqtiga qarab o‘lchanadi.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilishdan avval bu shaklning personalga nisbatan korxona siyosatiga mos tushishiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Jumladan, bajarilayotgan ishga ijodiy yondashuv ko‘p hollarda mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shaklida yaxshiroq samara keltiradi.
Ular shaxsiy yoki jamoa asosida, bevosita va mukofotli bo‘lishi mumkin. Uning progressiv va akkord turlari mavjud.
Ishbay-mukofotli tizim bajarilqan ish hajmi uchun ishbay asosda haq olish bilan birga amaldagi qiymatlarga muvofiq belgilab qoyilgan pirovard natija uchun mukofotlashni nazarda tutadi.
Mehnatga akkord haq to‘lash ishbay shaklining bir turi bo‘lib, bunda mahsulot birligi sifatida buyum, ish va xizmatlar majmui olinadi. Bu buyum, ish va xizmatlar majmuiga mehnat va ish haqi xarajatlari kal’kulyatsiyasi tuziladi. Ya’ni bu usulda bevosita ishbay shaklidan farkdi ravishda, ish haqi miqdori hisobi mahsulot birligidan yirikroqtayyor mahsulot birliklari bo‘yicha chiqariladi.
Tadbirkorlar o‘rtasida ishbay tizimi xodimlar uchun rag‘batlantiruvchi kuchga ega, mehnat unumdorligini oshiradi, mehnat xarajat-lari ustidan samarali nazorat o‘rnatishni ta’minlaydi, degan fikrlar keng tarqalgan.
Mehnatga akkord-mukofotli haq to‘lash tizimida me’yor bo‘yicha to‘lanadigan ishbay haqqa mehnat natijalari va sifati (me’yoriy muddat qisqartirilganligi, mahsulotning yuksak sifati) uchun mukofot to‘lanadi.
Akkord haq to‘lashda ish haqining yuqori chegarasi bo‘lmaydi. Xodimga o‘zining vaqt birligi davomida bajaradigan ish miqdorini belgilash imkoniyatining berilishi akkord sharti hisoblanadi.
Mehnatga haq to‘lashning jamoa tizimiga o‘tilsa, bajariladigan ishlarni “foydali”, “foydasiz”ga bo‘lishga amalda barham beriladi. Chunki bu holda har bir ishchi jamoa - brigada, sex, uchastkaga topshirilgan hamma ishni bajarishdan moddiy jihatdan manfaatdordir. Jamoa ishbay tizymida xodimlar mehnatiga haqto‘lash shaxsiy ishbay qiymati yoki umuman brigada, sex, uchastka uchun o‘rnatilgan umumiy qiymatda, ya’ni jamoa qiymatida to‘lanishi mumkin. Shaxsiy ishbay qiymatini umumiy topshiriqni bajarayotgan ishchilar mehnati qat’iy ravishda taqsimlab berilgan taqdirda o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Bunda haq bajarilayotgan ishga o‘rnatilgan qiymat hamda ishlab chiqarilgan sifatli mahsulot miqdoriga muvofiq belgilanadi.

Yüklə 85,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin