Musiqiy tanaffus:
1-boshlovchi:
III-shart. Jamoalarga tezkor savollar bilan murojaat etiladi. Bu metodda ikkala jamoa a’zolari boshlovchilar tomonidan berilgan savollarga tezlikda javob berishlari lozim bo’ladi. Masalan: Olma-meva, sabzi-poliz ekini, Shaftoli-meva, Shirin qovunlar mamlakati- asar nomi, kovoq-poliz ekini, nosqovoq-idish, behi-meva.
2-Boshlovchi
IV – Shart. Boshlovchilar tomonidan berilgan topishmoqlarga ikkala guruh a’zolari navbat bilan javob berishadi.
O’zi shirin tukligina,
Mazasi ham totligina
( shaftoli)
Osti sariq, usti sariq,
Shirin, totli, ichi tariq.
( anjir)
Sariqligi- zar, dedim,
Totib, asal- qand dedim.
( O’rik)
Kichkina dikcha,
Ichi to’la mixcha.
(Anor)
Xo’ppa semiz,
Bir tuki yoq.
(Tarvuz)
Qat-qat to’nli,
Qarich bo’yli.
(Karam)
1-boshlovchi: Endi navbatni hakamlarga beramiz va siz to’plagan ballar bilan tanishamiz.(Hakamlar ballarni hisoblab, e’lon qilishadi).
1-Boshlovchi:
Mevalarni
Shakar etding,
Yaproqlarni
Sim zar etding,
Oltin kuzim.
Oltin kuz.
2-Boshlovchi:
To’kin-sochin
Dala-yu bog’...
Dehqonlarning
Dimogi chog’
Saxiy kuzim
Oltin kuz.
Boshlovchilar: Aziz o’quvchilar shu bilan bugungi tadbirimiz o’z nihoyasiga etdi. Sizlarni yana bir bor ona tabiatni asrashga, uning go’zalligidan bahramand bo’lishga chorlab qolamiz.(Musiqa sadolari ostida tadbir yakunlanadi).
Dostları ilə paylaş: |