часть
1
«
Научный
импульс
»
Январь
, 202
3
210
o’tmishda yaratilgan tarixiy obidalar moddiy merosga mansub bo’lsa – da, ulardagi
muxandislik, bezak ishlari, qurilish tarixi va unga oid ashyolarning tayyorlanishi,
bunyodkorlik va boshqa jihatlariga ko’ra ma’naviy merosga aylanadi.
Huddi shuningdek,
moddiy ne’matlar ishlab chiqarish texnologiyalari va uskunalari moddiy merosga mansub
bo’lsada, bu boradagi ananalarning ajdodlardan avlodlarga o’tishi ma’naviy meros tarzida
amalga oshadi. Shu jihatdan olib qaraganda, insoniyatning yozma manbalarda aks etmagan
ko’plab tabiiy ko’nikmalari ma’naviy meros tarzida ajdodlardan avlodlarga o’tib keladi.
Yozuvning paydo bo’lishi ma’naviy merosni saqlash va boyitish yo’lidagi insoniyat erishgan
eng katta yutuq hisoblanadi. Yozuv tufayli hozirgi ilm –fanda inson taraqqiyoti , jumladan,
ma’naviy merosning besh ming yildan ortiq tarixi, yer va koinot jismlarining bir necha
million yillik davri haqidagi ma’lumotlar jamlangan.
Kishilar ongi, ichki dunyosi, tafakkur
tarzi, his-tuyg’ulariga ta’sir etib, ularni boyitish,
rivojlantirib, g’oyaviy yo’nalishlarda
boshqarish ma’naviy merosning asl mohiyatini ifodalaganidek, bugungi kunda ma’naviy
merosning odamlar hayot tarziga chuqur ta’sir etib, qadriyat sifatida ahamiyati tobora
yaqqol namoyon bo’lmoqda. I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “ Sharq olamida ,
jumladan
O’rta osiyo sharoitida jamoa bo’lib yashash tuyg’usi go’yat muhim ahamiyat kasb etadi va
odamlarni bir- biriga yaqinlashtirishga, bir- birini qo’llab – quvvatlab hayot kechirishga
zamin tug’diradi. Shu ma’noda, xalqimizning turmush va tafakkur tarziga nazar
tashlaydigan bo’lsak, boshqalarga hech o’xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan,
nafaqat o’zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo’ladigan
bir qator o’ziga xos xususiyatlarni ko’ramiz. Misol uchun , tilimizdagi mehr – oqibat , mehr
–
muhabbat, mehr- shavqat, qadr – qimmat degan bir-birini chuqur mazmun bilan
boyitadigan va to’ldiradigan xususiyatlarni olaylik. Bunday tushunchalar asrlar mobaynida
el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining
negizi sifatida vujudga kelgan, ongu
shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning, ma’naviy merosining amaliy
ifodasidir. Masal ,ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini oladigan
bo’lsak, uning juda teran tarixiy , milliy, dininy ildizlari borligini ko’rish mumkin. Bu avvalo,
insonning inson bilan , qo’shnining qo’shni bilan, qarindoshning qarindosh bilan , oilaning
oila
bilan eng muhimi, shaxsning jamiyat bilan uyg’un bo’lib yashashini, etim –esir, beva-
bechora va nogironlarga musofirlarga saxovat ko’rsatish, sidqidildan, beg’araz yordam
berishni anglatadi va bunday xususiyat xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini hech
kim inkor eta olmaydi”. Demak, bunday qadriyatlar ananalardan – ananalarga ma’naviy
meros sifatida o’tib kelayotgani rad etib bo’lmas haqiqatdir. Shu jihatdan olib qaralganda,
jamiyat tafakkuridagi g’oyaviy, mafkuraviy madaniy – marifiy , diniy va ahloqiy qadriyatlar,
dunyoqarash, urf-odat ananalar va munosobatlar kelajak avlodning ma’naviy
merosini
belgilaydi. Madaniy qadriyatlar va ma’naviy merosning ming yillar mobaynida xalqimiz
uchun qudratli ma’naviyat manbai sifatida xizmat qilib kelgan. Uzoq vaqt davom etgan
kuchli mafkuraviy tazyiqqa qaramay O’zbekiston xalqi avloddan – avlodga o’tib kelgan o’z
tarixiy va madaniy qadriyatlarni hamda o’ziga xos ananalarini saqlab qolishga muvafaq
bo’ldi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p
asrlar