“Men sardor bo’laman” nomli ikki daqiqali taqdimotni amalga oshirishlari haqida tushunchalar berib o'tildi. 14-15 oktabr



Yüklə 20,24 Kb.
səhifə8/9
tarix01.01.2022
ölçüsü20,24 Kb.
#108670
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 5318869481978596324

Eng yosh kitobxon sinf” tanlovi o’tkizildi va 6-sinf g’olib deb topildi.25- dekabr kuni 35-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida “Kamalakda yangi yil” bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Bayramga barcha Yoshlar ittifoqi va kamalak sinf sardorlari bilan birgalikda tayyorgarlik ko’rildi. Bayramni maktab direktori Z.Haydarov so’zga chiqib ochib berdi .Qorbobo,qorqiz va har xil ertak qahramonlari chiqib keldilar va o’quvchilar tomonidan tayyorlangan she`rlar, saxna ko’rinishlarini tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi. Bayram tadbiriga faxriy ustozlar ham taklif qilindi..Bayram dasturi barchaga birdek manzur bo`ldi. Bayram ko`tarinki kayfiyatda o`tdi. 26-dekabr kuni esa Yoshlar ittifoqi sardorlari va a’zolari bilgalikda tayyorlagan “Assalom yangi yil” nomli yangi yil tadbiri bo’lib o’tdi. Qishki ta’til vaqtida ham turli to’garak ish faoliyatini davom ettirdi. Tekshirishlar natijasiga ko’ra 8-yanvar kuni “yosh kitobxonlar” to’garagi faoliyati o’rganildi va amaliy yordam berildi. ”yosh kitobxonlar”ga maktab kutubxonachisi N.Arabboyeva rahbarlik qildi.9- yanvar kuni boshqa to’garaklarga o’quvchilarni jalb qilish ishlari olib borildi.10-yanvar yangi chorak uchun chora tadbirlar belgilash,tuzilgan rejalarni tekshirib chiqish ishlari amalga oshirildi. 11 Yanvar kuni tonggi saflanmada 11-yanvardan 20 Yanvarga qadar “Vatanparvarlik kunlari” e’lon qilindi. Ushbu kunlar davomida amalga oshiriladigan tadbirlar va tanlovlar haqida o‘quvchilarga tushunchalar berildi. 14- Yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida maktabda qator tadbir va tanlovlar, sport musobaqalari o‘tkazildi.

13 Yanvar “Senga posbonmiz, Vatan!” mavzusida 7,8,9,10 sinf yigitlari o‘rtasida bellashuv tashkil qilindi. Bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda o‘quvchilar 4 ta shart bo‘icha bellashdilar. Arqon tortish bahslarida 10 sinf o‘quvchilari jamoasi, tosh ko‘tarish bahslarida 9 sinf o‘quvchisi Shoxobiddinov Nazirjon, uzoq masofaga yugurish bahslarida 7 sinf o‘quvchisi Shorobiddinov Shodyorbek, turnikka tortilish bahslarida esa 8 sinf o‘quvchisi Sotvoldiyev Bilol faxrli birinchi o‘rinni egalladilar. G‘oliblar maktab ma’muriyati va Yoshlar ittifoqining fahriy yorliq, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 15-18 Yanvar kunlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Men ham askar bo‘laman!”, “Vatanimga xizmat qilaman!” mavzularida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. 1,2,3,4 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda 34 nafar o‘quvchilar qatnashdilar. Chizilgan suratlar fan o‘qituvchilari tomonidan baholanib, g‘oliblar aniqlandi. Tanlov natijalariga ko‘ra, 4 “A” sinf o‘quvchisi Abdulxayeva Mushtari birinsi, 2 “B” sinf o‘quvchisi Ilxomov Shuhratbek ikkinchi, 3 “A” sinf o‘quvchisi Yoqubjonova Sevinch uchinchi o‘rinni egalladilar. 18 Yanvar kuni natijalar e’lon qilinib, g‘oliblar taqdirlandilar.Vatanparvarlik ruhida o‘tkazilgan tadbirlar o‘qituvchi va o‘quvchilarda katta taassurot uyg‘otdi. Norin tuman 35- umumiy ta’lim maktabida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida bir qator tadbirlar, reydlar olib borilmoqda. Bu borada ichki ishlar, jumladan, Yangi Fargona MFY inspektori, mahalla, maktab hamkorlik qilmoqda.

Haftaning har seshanba kunlari sinf rahbarlar bilan yig‘ilish o‘tkazilib, yig‘ilishda jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish, diniy ekstremizmniing oldini olish borasida masalalar ko‘rilib tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda.

Shuningdek, direktor o‘rinbosari sektor yo‘nalishi a’zolari bilan birgalikda hududda ota onalar bilan suhbatlar o‘tkazib, darslarda ishtirok etmagan o‘quvchilarni tahlil qilmoqda.Har kuni maktab ishchi guruhi tomonidan o‘quvchilar sumkasi, kiyinish madaniyati, o‘tkir tig‘li narsalar olib kirmasliklari, mobil telefon, internatdan qanday maqsadlarda foydalanayotganlari nazorat qilinmoqda.Shuningdek, maktabda faoliyat yuritayotgan 28 ta fan va to‘garaklarga barcha o‘quvchilar jalb qilingan. Yoshlarni kitobxonlikka ken jalb qilish, ularning vaqtlarini bo‘sh qoldirmaslik va mazmunli tashkil etish maqsadida “Kitob – ma’naviyat ko‘zusi” shiori ostida haftaning har juma kunlari kitobxonlik kunlari o‘tkazilmoqda.Dars mashg‘ulotlarini sababsiz qoldirgan o‘quvchilarning xonadonlariga borilib, oilaviy sharoiti, dars qoldirganligining sabablari aniqlanib, zaruriy chora-tadbirlar doimiy ravishda ko‘rib kelinyapti.



Hududdagi uyushmagan Yoshlar uchun maktab sport maydonidan foydalanish bo‘yicha jadval tuzilib, dushanba, chorshanba, juma, yakshanba kunlari soat 16:00 dan 17:00 gacha volleybol, musobaqalari tashkil etilmoqda. Payshanba profilaktika kuni munosabati bilan shaxmat, shashka, futbol, volleybol, stol tennisi musobaqalari o‘tkazilmoqda. Bolalar sportini rivojlantirish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sportning “Shaxmat “ turi bo’yicha “SHaxmat taxtasi” musoboqasining maktab bosqichi bo’lib o’tdi. Musoboqa yoshlar yetakchisi hamda maktabning jismoniy tarbiya o’qituvchisi tomonidan o’tkizildi. Musoboqada o’quvchilar juda faol ishtirok etishdi.O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlab 2021-yil 30-yanvar kuni ma’naviy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni maktabimiz direktori X.Jakbarov ochib berdi. O’z so’zida buyuk davlat arbobi, siyosatshunos olim , O’zbekiston Respublikasi birinnchi Prezidenti xotirasini yod etib ularning hayot yo’li , O’zbekiston Respublikasi mustaqil yurt bo’lishida ko’rsatgan jasorati, kelajak avlod uchun qoldirgan merosi haqida gapirib ,maktab o’quvchi yoshlariga buyuk yurtboshimiz O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentiga munosib farzand bo’lishlari, maktabda a’lo baholarga o’qishlari, kelajakda ona vatanimizga sodiq, uning bayrog’ini ko’klarga ko’taradigan farzand bo’lishlarini ta’kidlab o’tdilar. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tadbirni 3-a sinf o’quvchilari o’z chiqishlari bilan davom ettirishdi. Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bag’ishlab “Mustaqillik bunyodkori” deb nomlangan insholar va plakatlar tanlovi o’tkizildi. Tanlovda faol ishtirok etgan o’quvchilar taqdirlanishdi.Fevral oyida tumandagi umumta’lim maktablaridagi sardorlarni tajriba almashish ekskursiyalari tashkil qilindi. Maktab Ittifoq va Kamalak sardorlarini boshqaa maktabdagi sardorlar bilan fikr almashish uchun hududdagi maktablarga tashrif buyurdik. Bunday Ittifoqdosh kunlarini tashkil etish sardorlar faoliyatini yaxshilashga yordm beradi.Maktabimizda buyuk mutaffakir , olim davlat arbobi, shoir , buyuk hamsanavis bobokalonimiz Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda “ Yosh teatrchilar” to’garagi a’zolari ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi.O’quvchilar davomotini yaxshilash natijasida va Kitob ol loyihasini targ’ib qilish maqsadida Ota-onalar majlisi tashkil etildi.yig’ilishda yoshlar yetakchisi o’z fikrlarini bayon qildi.Shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan maktabda ma’naviy tadbir bo’lib o’tdi. Maktabda sinflar kesimida “Eng kitobxon sinf” va “Yosh kitobxon” ko’rik tanlovining maktab bosqichi o’tkizildi. Bir hafta mobaynida reyting natijalari o’rganib chiqildi va eng kitobxon sinf deb 6-sinf o’quvchilari topildi.Tegishli fuqarolar yig’inlari bilan hamkorlikda muntazam dars qoldiradigan va o’zlashtirishi past o’quvchilarning oilalariga boorish, ularning ota-onalari bilan suhbatlashish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini ko’rish maqsadida “Ota-onalar majlisi” o’tkizildi.Sinf sardorlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida «Eng namunali sinf sardorlari” ko’rik tanlovi sinf sardorlari o’rtasida o’tkizildi. Ishtirokchilar 3ta shart bo’yicha bellashib , hakamlar hay’ati tomonidan 6-sinf o’quvchilari Eng na’munali sinf sardorlari kengashi deb topildi.Kamalak bolalar bog’ida “
Yüklə 20,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin