“Men sardor bo’laman” nomli ikki daqiqali taqdimotni amalga oshirishlari haqida tushunchalar berib o'tildi. 14-15 oktabr



Yüklə 20,24 Kb.
səhifə9/9
tarix01.01.2022
ölçüsü20,24 Kb.
#108670
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 5318869481978596324

Eng na’munali sardorlar” kengashi ko’rik tanlovining hudud bosqichi bo’lib o’tdi.Fevral oyi so’ngida “Kamalak” a’zolari bilan birgalikda” Quvnoq” matematika deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 3-b sinf o’quvchilari faollik qilishdi.Bahor fasli munosabati bilan maktab hududida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.Ertalabki saflanishlarda Ittifoq sardori va Yo’nalish sardorlari tongi yangiliklar hamda o’zlarining fikr va mulohozalarini bildirishdi. Haftaning Dushanba va Shanba kunlari Ittifoq va Kamalak kuni deb belgilandi. 1-mart “Zulfiyaxonim Isroilova “ tavalludiga bag’ishlab, Zulfiyaxonim izdoshlari deb nomlangan ko’rik tanlov o’tkizildi. Tanlovda yuqori sinf qizlari ishtirokida belgilangan shartlar asosida bellashishdi va hakamlar hay’atining qaroriga muvofiq 8-a sinf o’quvchisi Abdullayeva Kumush g’olib deb topildi.2-mart O’zbekiston Respublikasi BMT ga a’zo bo’lgan kun munosabati bilan ertalabki yig’inda MMIBDO’ va yoshlar yetakchisi o’quvchilarga tushuncha berib o’tishdi.8-mart Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati bilan “Onajon mo’tabar” loyihasi o’tkizildi. Sardorlar tomonidan tayyorlangan tadbirga onajonlarimiz taklifnomalar orqali taklif qilindi. va sardorlar tomonidan tayyorlangan tabriknomalar onajonlarimiz uylariga jo’natildi.Haftaning har shanba kuni maktab atrofi ozodaligini taminlash maqsadida “Ekopatrul” loyihasi o’tkiziladi. Bunda o’quvchilar o’zlarining shaxsiy velosipedlarida Ekopatrul qutichasini o’rnatib, maktab atrofini aylanib chiqindilardan tozalashdi.O’quvchi yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Temurbeklar” harbiy sport musoboqasining maktab bosqichi 9250 harbiy qismda maktabning CHYOT fani o’qituvchisi bilan hamkorlikda o’tkizildi. 19-mart maktab hovlisi bayramona bezatilib “Yoshlar-kelajak bunyodkori” shiori ostida Yoshlar festivali o’tkizildi. Festival nizomga asosan tashkillandi va o’tkizildi. Festivalda milliy qo’shiqlarimiz , Estrada qo’shiqlaridan na’munalar kuylandi.Festivalda Vatanni madh etuvchi ,onajonlarimizga atalgan kuy va qo’shiqlar yangradi, yashirin is’tedodlar ro’yobga chiqdi.havaskor o’quvchilar ham qatnashishdi. Bahor fasli munosabati bilan maktab hududida darsdan bo’sh vaqtda o’quvchilar ishtirokida Shanbalik o’tkizildi. Har bir sinfga ajratilgan hududda o’quvchilar tozalov ishlarini o’tkizishdi. Bu tozalov ishlariga Ekosan,Mehnat hamda Salomatlik va ekologiya yo’nalishi sardorlari boshchilik qilishdi. 21-mart Navro’z umumxalq bayrami o’zgacha tarzda ya’ni “Mahallalar aro bellashuv” tarzda o’tkizildi. Bayramni Maktabning MMIBDO’ ochib berdi va yig’ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Bellashuvni yoshlar yetakchisi olib bordi. Belgilangan 4ta shart asosida bellashuv olib borildi. Bellashuvda Yangi tong Yangi Diyor Yangi Fargona mahallalari o’zaro ishtirok etishdi. Va turli nominatsiyalar orqali baholanishdi hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.Yoshlar yetakchisi hamda maktabimizning CHYOT fani o’qituvchisi T.Buvamirzayev bilan hamkorlikda yuqori sinf o’quvchilari 9250 harbiy qismga ochiq eshiklar kuniga jalb etildi. Tashrifdan maqsad o’quvchi yoshlarni Vatanni sevishga ,sadoqat bilan xizmat qilishga o’rgatish. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning 2018-yil 7-fevraldagi ,,Ichki turizmni jadal rivojlantirish dasturini rivojlantirishni ta’minlash bo’yicha chora tadbirlar to’g’risida”gi qarorini ijrosini ta’minlash yuzasidan Norin tuman Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 35-umumiy o’rta ta’lim maktabida ,, O’zbekiston bo’ylab sayohat qil ” shiori ostida

2-aprel maktabda “Ekologiya” yo’nalishi sardorlari o’rtasida “Orasta qizlar” tanlovi o’tkizildi. Qizlarimiz turli shartlar orqali bellashishdi. Bahoriy salatlar tayyorlashdi. 5-aprel “Yoshlar va qonun” bellashuvining maktab bosqichi o’tkizildi. Bellashuvni yoshlar yetakchisi olib bordi. Bellashuv shartlari tanishtirildi va hakamlar hay’ati tayinlandi. 9-sinfdan 11-sinfgacha bo’lgan o’quvchilardan 8 nafardan ishtirokchi saralanib belgilangan shartlar asosida bellashildi.Natijaga ko’ra 8 sinf jamoasi g’olib deb topildi va taqdirlanishdi. 12-aprel kuni “Yoshlar va qonun” bellashuvining hudud bosqichi o’tkizildi.Hudud bosqichda 35-umumiy o’rta ta’lim maktabining ,,Adolat” jamoasi tortinchi ornni egalladi. 14-aprel kuni“Yoshlar va qonun” bellashuvining tuman bosqichi o’tkizildi. 13-aprel kuni “Men rahbar bo’laman” loyihasi o’tkizildi. Loyiha yoshlar yetakchisi tomonidan tabiat qo’ynida tashkil etildi. Va loyihani asosiy ishtirokchisi maktabimiz direktori X.Jakbarov hamda maktab sardorlar kengashi. Loyiha davomida maktab rahbari bilan qiziqarli suhbat hamda maktabimizdagi dolzarb muammolar vas hart sharoitlarni yaxshilash maqsadida fikr mulohazalar olib borildi. Loyiha ochiq muloqot tarzda tashkil etildi. Direktor va sardorlar to’g’ridan to’g’ri fikr mulohazalar olib borishdi. O’zlarining qiziqtirgan savollariga to’liq javob olishdi 17-aprel kuni “yetakchi”klubi sardori rejasi asosida “Kamalak”ga sari biz bilan…. Loyihasi tashkil etildi va o’tkizildi. Bunda boshlang’ich sinf o’quvchilari asosiy ishtirokchi bo’lishdi. Savollarga javob bergan ishtirokchilar zinadan tepaga ko’tarilishadi va Kamalak a’zolarining safi ko’payib bordi. Maktab hududida “Yoshlar bog’i” tashkil etildi hamda u bog’ga sardorlar tomonidan har xil ko’chaklar ekildi. Atroflari obodonlashtirildi. Mehnat qilgan albatta rohatini ham ko’radi. Shunday ekan mehnatga yarasha mukofot ham bo’lishi kerak. Yoshlar yetakchisi Maktab sardorlari bilan birgalikda manzarali joylarga ya’ni tabiat qo’yniga ekskursiya uyushtirishdi. Aprel oyi davomida yoshlar yetakchisi tomonidan mahallalarda uyushmagan aholi o’rtasida mustaqil tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish yuzasidan tushuntirish targ’ibot ishlari olib borildi. 1-may “Qadryatlar qalbimizda va timizda” loyihasi bilan o’quvchilar ishtirok etdilar. Loyihada barcha o’quvchilar ishtirok etdilar. Shu kuni o’quvchilar o’rtasida MMIBDO’ M.Sobirova, MFY vakillari va maktab inspektori A.Hasanov hamkorlikda davomat va “Tig’” tadbiri o’tkazildi. 2021 yil 7-may kuni 9-may-Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan “Siz qalbimning ardog’idasiz fidoiy bobojonlar” mavzusida maktab xovlisida o’quvchilar ishtirokida tadbir tashkillandi. Tadbirda o’quvchilar tashrif buyurgan mehmonlar va fahriy ustozlarni tabrikladilar, mehr va qadrni madh etuvchi she’r va qo’shiqlarni ijro etdilar. 2021 yil 8-may yoshlarni norasmiy oqimlarga kirib qolishlarini oldini olish maqsadida Qorateri MFY vakillari bilan hamkorlikda diniy aqidaparastlik mavzusida davra suhbati tashkillandi. Davra suhbatida MFY raisi, mahalla maslahatchisi, mahalla inspektori va yoshlar yetakchisi ishtirok etib yoshlarga norasmiy oqimlar, ularning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berdilar va yoshlarning fikr-mulohazalari eshitildi. 2021 yil 10-may “Yurtimni obod etaman” shiori ostida maktab va mahallalar hududida yoshlar hashari tashkillandi. Hasharda maktab va sinf sardorlari faol ishtirok etib o’zlariga ajratilgan yerlarni yumshatdilar. Maktab xovlisi va maktab atrofi obodonlashtirildi. 2021 yil 14-may kuni Maktabda “Maqollar umr ziynati” loyihasi e’lon qilindi. Loyihada barcha sinflar faol qatnashdilar. 2021 yil 16-may Norin tuman Yoshlar ittifoqi tumani kengashi tomonidan “O’zbekiston vatanim mening” shiori ostida va “Yurt kelajagi”, “Yoshlar anjumani” tadbiri o’tkazildi. 2021 yil 24-may Maktabda 2-6-sinflar uchun “Qadrdon maktabimiz bag’rida o’qib-o’rganib, doimo izlanib, yangilikka, taraqqiyot cho’qqilarini egallashga intilib yashaymiz” shiori ostida saflanma o’tkazildi. 25-may Maktabda 7-11-sinflar uchun “Qadrdon maktabimiz bag’rida o’qib-o’rganib, doimo izlanib, yangilikka, taraqqiyot cho’qqilarini egallashga intilib yashaymiz” shiori ostida saflanma o’tkazildi. Bayram ko’tarinki ruhda o’tkazildi.

1-25-mayga qadar hafta boshi va hafta yakuni saflanmalari o’tkazildi.


Maktab direktori: B.Yuldashev

Yoshlar yetakchisi: O.Jalolova
Yüklə 20,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin