O`yinning borishi: bolalar ikki guruhga bo`linadi quti ichida oshxona jihozlari va idish tovoqlar saralab oladi. So`ng so`ng tayyor piyola shaklli bolalarga tarqatib beriladi. Bolalar o`z hohishiga ko`ra naqshlar bilan bezatadilar. Idishlar jamlanmasini Zumradoy va Qimmatoyga sovg`a qilinadi. Zumradoy bolalarning ishlaridan hursandligini bildirib hayrlashadi.
71-Mavzu “Mening chiroyli kemacham haqida suxbat”
Maqsad: Bolalarga suv transportlari haqida tushuncha berish. Mavzuni mustahkamlash, nutq madaniyatini oshirish, lug`at boyligini kengaytirish.
Kerakli jihozlar: mavzuga oid rasmlar, tarqatma materiallar, bolalar ijotidagi ishlardan namunalar.
Markazlar: bolalar kutubxonasi, tasviriy faoliyat qurish yasash, o`yin va o`yinchoqlar markazi.
Faoliyatning borishi : Tarbiyachi: Bolalar bugun biz sizlar bilan atrof olami mashg`ulotida “Mening chiroyli kemacham” mavzusida suhbatlashamiz. Bolalar suv usti transportlariga qaysilar kiradi? Ularning nomlarini menga kim sanab beradi?
1-bola: kema, qayiq, paravoz.
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar bu transportlarning nima uchun yer usti transportlari deb ayatmiz?
2-bola: chunki hammasi suvda yuradi.
Tarbiyachi : to`g`ri bolajonlar men hozir sizlarga “Hazrat Nuxning” kemasi va to`fon hodisasi ibratli hikoyasini o`qib beraman. Bolalar endi ushbu hikoya asosida savol – javob o`tkazamiz.
Tarbiyachi : Bolalar sizlarga bir topishmoq aytaman va javobini topasizlar, keyin bo`g`inlarga ajratamiz.
Qanoti bor ucholmaydi
Quruq yerni qucholmaydi.
Bolalar : Kema
Tarbiyachi : endi kema so`zini ajrataylik!
1-bola : Ke-ma ikki bo`g`indan iborat .
Tarbiyachi : Barakalla, endi bolajonlar hammamiz birgalikda kema rasmini chizamiz. Chizish uchun bizlarga nimalar kerak bo`ladi ?