Tarbiyachi: Bolalar she’r sizlarga yoqdimi
Bolalar javobi: Ha yoqdi
Tarbiyachi: Kunning ikkinchi yarmida albatta she’rni yod olamiz. Endi bolajonlar sizlar bilan birgalikda topishmoqlarni topamiz,
1. Bug`doyzorda yo`g`rilgan
Tandirda tug`ilganman (Non)
2. Eng totli ulug` ne’mat
Dasturxonga ko`rk ziynat (Non)
3. Dengiz emas chayqaladi
Dehqonni u boy qiladi (Bug`doyzor)
4. U Tugamas boylik kon
Unda bo`lar oshu non (Bug`doy)
Tarbiyachi:Bolajonlar topishmoq, she’r, rivoyatlar sizlarga yoqdimi?
Bolalar javobi: Ha
Tarbiyachi: (Faoliyatyakunida bolalar rag`batlantiriladi) va tarbiyachi mashg`ulotni tez aytish bilan yakunlaydi.
Nonvoy, nonvoy non yopar,
Nonni novvot deb sotar.
14-mavzu: “Non ham non, ushog`i ham non”
Faoliyat maqsadi: Bolalarga nonning azizligini, uni isrof qilmaslikka o`rgatish. Kattalar mehnatini tushunishi va hurmat qilishga o`rgatish.
Markazlar:Milliy burchak, Bolalar kutubxonasi markazi
Faoliyat borishi: Tarbiyachi: Bolajonlar sizlar bilan bugun mashg`ulotimizda “Non ham non , ushog`i ham non” mvzusida suxbatlashamiz. Bizning mehnatsevar dehqonlarimiz kuz faslida dalalarga bug`doyni sepib qo`yadilar va yoz faslida hosilni yig`ishtirib oladilar. Bug`doy yoz faslida pishib yetiladi. Yetilgan bug`doyni yig`ib olishib tegirmonlarda yanchib tayyor un holati olib kelishadi. Tayyor un esaqoplarga joylanib nonvoyxonalarga, do`konlarga jo`natiladi. Nonvoylar tomonidan va onalarimiz tomonidan turli tuman bir – biridan mazali nonlar pishirib do`kon, bozorlarimizga jo`natiladi. Bolajonlar hammamizning onalarimiz bizga issiq nonlar pishirib beradi-a to`g`rimi? Mana ko`rdinglarmi balajonlar non bizning rizq-ro`zimiz, dasturxonimiz ko`rki. Shuning uchun ham nonlarni isrof qilmaslik, uvog`ini ham yerga tushirmaslik kerak. Bolajonlar non haqida she’r va topishmoqlar bilasizmi?
1- bola: Non yopganda mening oyim,
Kichik kulcha yopar doim.
Kulcha juda mazali,
Sedanali jizzali.
Yegan sayin yegim kelar,
Rahmat oyi degim kelar.