Faoliyatning borishi: Tarbiyachi:Bolalar bugun biz sizlar bilan atrof olam mashg`ulotida “Mening chiroyli kemacham” mavzusida suhbatlashamiz. Bolalar suv usti transportiga qaysilar kiradi. Ularning nomlarini menga kim sanab beradi?
1-bola: kema, qayiq, paravoz
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar, bu transportlarni nima uchun yer usti transportlari deb ataymiz?
2-bola: chunki hammasi suvda yuradi.
Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar men hozir sizlarga “Hazrat Nuxning” kemasi va to`foni hodisasi ibratli hikoyasini o`qib beraman. Bolalar endi ushbu hikoya asosida savol-javob o`tkazamiz.
Tarbiyachi: Bolalar sizlarga bir topishmoq aytaman va javobini topasizlar, keyin bo`ginlarga ajratamiz.
Bolalar javobi: Kema
Tarbiyachi: Endi kema so`zini bo`g`inlarga ajrataylik!
1-bola: Ke-ma ikki bo`g`indan iborat
Tarbiyachi: Barakalla endi bolajonlar hammamiz birgalikda kema rasmini chizamiz. Chizish uchun bizlarga nimalar kerak bo`ladi?
Bolalar javobi: oq qog`oz va qalamlar
Tarbiyachi: Barakalla kim chizgan kema chiroyli chiqar ekan. Kemani chizishda biz qanday shakldan foydalanamiz?
Bolalar javobi: Yarim doira shaklidan
Tarbiyachi: Raxmat. Bolalar qayiq, kema, paravozlardan nimalar uchun foydalanamiz qani kim menga aytadi?