Mening jonajon O`zbekistonim



Yüklə 219,35 Kb.
səhifə41/118
tarix28.05.2022
ölçüsü219,35 Kb.
#116359
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118
nutq ostirish mashgulot ishlanmasi

Yakuniy qism:
Tarbiyachi: Ofarin bolajonlar,faoliyatim davomida juda faol ishtirok etdingiz. O`ylaymanki konstitutsiyamiz haqidagi bilimlarimizni yana bir bor mustaxkamlab oldik. Kelinglar endi faoliyatimizni doskamizga jamoa bo`lib bayrog`imizni, rangli qog`ozlardan yasalgan gullar bilan yasash bilan tugallaymiz.


Qo`shimcha qism: Multimedia vositasi orqali O`zbekiston Respublikasi Davlat madxiyasi tinglanadi va birgalikda ijro etiladi.
Etiborga molik jixat: Bolajonlar o`z huquq va majburiyatlarini bilib oladilar.
27-Mavzu: “Sog` tanda – sog`lom aql” mashg`uloti


Ta’limiy maqsad: Odam organizmi, uning salomatligi, gigiena va turli kasalliklar haqida ma’lumot berish.


Tarbiyaviy maqsad: Salomatlik va atrof muxitga nisbatan to`g`ri munosabatda bo`lishini tarbiyalash.


Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalar nutqini gavda, gigiena, salomatlik, atrof-muxit kasalliklarini bilishida faollikni rivojlantirish.


Kutilyotgan natija: Bolalarda shaxsiy gigiena qoidalari haqida tushuncha va tasavvurlarini shakllantiriladi (tana, kiyim, poyabzal) ozodalikka va pokizalikka hamda gigiena qoidalariga rioya qilishga o`rganadi. Tarbiyalanuvchilarda salomatlikka nisbatan to`g`ri munosabat, organizmni chiniqtirish sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish ko`nikmalari shakllantiradi.


Kerakli jixozlar: monitor, “Sog` tanda sog`lom aql” mavzusida slayd taqdimoti, katta va kichkina qo`g`irchoqlar, gavda qismlari tasvirlangan suratlar


Sog`lomlashtirish markazi: Faoliyatni borishi:
Bolalar bilan salomlashib so`ng bolalar bilan umumrivojlantiruvchi mashqlar o`tkazish so`ng “Sog` tanda – sog`lom aql” slaydi namoyish etiladi.


Tarbiyachi: Bolalar bizlar sizlar bilan juda ko`p mashg`ulotlar o`tganmiz. O`tilgan mashg`ulotlar davomida bir qator ertaklarni, she’rlarni yoddan aytishni, narsa – hodisalar haqida bilimga ega bo`lgansizlar. Bugungi mashg`ulotimiz bizning tana tuzilishimiz va tanamizning salomatligi to`g`risida bo`ladi. Qani endi meni savollarimga javob beringchi, siz o`zingizning salomatligingiz haqida nimalar bilasiz?


Bola: Gripp

Inson salomatligi to`g`risida nimalarni bilasiz?


-Qanday kasalliklarni bilasiz?
-Gigiena nima?
- Ota-onalar sizning salomatligingiz to`g`risida nimalarni aytib berishgan?
(bolalar javoblari)
Sog`lom va chiroyli bo`lish uchun nimalar qilish kerak? To`g`ri kun tartibiga rioya qilish kerak.



Yüklə 219,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin