Mening jonajon O`zbekistonim



Yüklə 219,35 Kb.
səhifə62/118
tarix28.05.2022
ölçüsü219,35 Kb.
#116359
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118
nutq ostirish mashgulot ishlanmasi

Sexrgar momo: Va alaykum assalom xushvaqt bo`linglar. Sizlarning suhbatingizni eshitib, bu bilimdon bolalar yana nimalarni bilar ekan deya kelaverdim.
Tarbiyachi: -Juda soz, qani davramiz to`riga marhamat qiling buvijon. Biz sizga go`zal va navqiron viloyatimiz Andijon haqida gapirib beramiz.
Qani Nigoraxon Andijon haqida she’r aytib bering.
Nigoraxon:
- Tuprog`ingda unib, kaftingda o`sdim
Oftobim erkalab taftingda o`sdim
Ildizin joningga, qoningga tutash.
Sening shon shavkating shaxdingda o`sdim
Otamga o`xshaysan jonim Andijon
Onamga o`xshaysan jonim Andijon
Tarbiyachi: Barakalla Nigoraxon
Aziz bolajonlar tobora gullab yashnayotgan go`zal Andijonimizga hech qachon ko`z tegmasin. Buyuk sarkarda, shoh va shoir bobomiz bir umr ko`rmoq ilinjida yashagan Boburning yurtidir bu. Bu zaminda buyuk, insonlar, olimlar-u, hofizlar, shoirlar, qo`yingki buyuk Vatanimizni dunyoga bo`y cho`zilishiga hissa qo`shgan olim-u fuzalolar yetishib chiqqan viloyat hisoblanadi. Biz ularning davomchisi sifatida ularning boy madaniyati, san’at va ular qoldirib ketgan ma’naviy boyliklarini avaylab asrashimiz kerak.

Muhtaram Prezidentimiz 2018-yil 19-20 may kunlari viloyatimizga qilgan tashrifi davomida ular Andijon haqida shunday fikrlarini bildirgan edilar.


- Andijonning o`zini o`rni bor, bizning davlatimizda Andijonning o`zini yo`nalishi bir, bizning davlatimizda. Mening eng katta maqsadim Andijon har safargidek yuqori va birinchi o`rinlarda bo`lishi kerak , hamma soha bo`yicha.


- Andijonliklar bunga javoban o`z mehnati, bilimi salohiyati, intilishi bilan “labbay” deb javob beradilar.


Sexrgar momo: - Barakalla qizim, bu suhbatdan so`ng mening sizlarga yana havasim ortdi. Viloyatingizda bundanda yuksaklarga ko`tarilishiga ishonaman.
Tarbiyachi: - Onamdek ardoqli, azizsan Vatan
Sen menga qadrdon tug`ilgan makon
Men seni avaylab asrayman har chog`
Vijdonimdek toza, tushirmasman dog`
Bolalar charchab qolmadinglarmi. Bo`lmasam biz sizlar bilan jismoniy daqiqa qilib olamiz.


Tarbiyachi:
Oyog`imiz taq-taq-taq
Qo`limiz chapak-chapak
Boshimiz sarak-sarak
Qo`limizni ko`tardik
Sekin yonga uzatdik
Endi ehtiyot bo`lib
Joyimizda aylandik
Qo`lni pastka tushurdik
Doira bo`ylab yugurdik
Joyimizga o`tirdik

Bolajonlar, mana charchoqlarimizni ham oldik. Qani endi suhbatimizni yana davom ettirsak. Kim menga Vatan mavzusida maqollar aytib beradi.





Yüklə 219,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin