Maqsad:Qumning xususiyatlarini biladi, qum quruq va nam qumni farqini biladi, quruq qumdan nonchalar yasab bo`lmaydi, nam qum to`kilmaydi, undan nonchalar yasasa bo`lishini o`rganadi, atrof-olamga o`z munosabatlarini bildira oladi.
Faoliyatning borishi: 1. Bolalar qum, qumdan yasalgan predmetlar va ularni rasmini ko`rish, slayd tomosha qilish, tarqatmalardan foydalanib izohlash.
2. Xo`l qum va quruq qumni farqlash.
3. Xo`l qumdan nonchalar yasash.
4. Qumni xususiyatlarini aks ettiruvchi rasm va tarqatmalar bilan tanishtirish.
5. Tarqatmalarni tartib bilan ketma-ketlikda qo`yish.
6. Bolalarni rag`batlantirish
Qo`shimcha qism :Sayrda qum bilan o`yinlar, qumdonlarda tajribani takrorlash. Bolalarda faoliyat jarayonida sezgi, idrok, tafakkur faollashadi va kuzatish va xulosa qilishni o`rganadi.
E’tiborga molik jixati: Bolalarga tabiatga va atrof-olamga qiziqishini oshirish. Hamda qum, uning xususiyatlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Tabiat va fan markazida tarbiyachi Mening bilimdonlarim rasmdagi nima narsa ? (Bolalar jo`r ovozda qum deydilar) Keyingi rasmni ko`rsa (Bolalar suv deydilar) Qarang aziz bolajon, suvni qumga quysak biz nima bo`lar qaqajon ? (Hammalari birgalikda xo`l qum deydilar) xo`l qumdan yasaymiz nonchalar, to`g`rimi javob bering bolachalar ? (Bolalar to`g`ri deydilar) quruq qumni sochganda, atrofga dumalaydi. Demak undan nonchalar yasab bo`lmaydi. (Bolalar ha deb tasdiqlaydi)
66-Mavzu : To`kiladigan jismlarni hajmini o`lchash.
Maqsad : To`kiladigan jismlar xaqida tushunchaga ega bo`ladi, to`kiladigan jismlarni hajmini biladi, to`kiladigan jismlarning hajmini o`lchay oladi. O`lchov asboblarini bilib oladi, o`lchash usullarini o`rganadi, tabiat narsa va predmetlarga o`z munosabatini bildiradi.