Mening jonajon O`zbekistonim


Hissa: Hamma yomonliklarning onasi dangasalik, qo`rqoqlik esa otasidir. Bolajonlar hikoya yoqdimi, endi hammamiz boqqa sayohatga chiqamiz. Markazlar



Yüklə 219,35 Kb.
səhifə17/118
tarix28.05.2022
ölçüsü219,35 Kb.
#116359
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118
nutq ostirish mashgulot ishlanmasi

Hissa: Hamma yomonliklarning onasi dangasalik, qo`rqoqlik esa otasidir. Bolajonlar hikoya yoqdimi, endi hammamiz boqqa sayohatga chiqamiz.
Markazlar: Milliy burchak, Bolalar kutubxonasi markazi.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar kelinglar sizlar bilan bugun nonvoyxonaga sayohat qilamiz. Nonvoyxonada nonvoylar nima ish qilishini kuzatamiz.


Tarbiyachi: Bolajonlar hamrni nonvoylar undan qoradilar, un bug`doydan bo`ladi, Bug`doyni dehqonlar dalalarda yetishtiradi. Ekilgan bug`doylar o`z vaqtida sug`oriladi, begona o`tlardan tozalanadi, so`ng unib chiqib yetilib, bug`doylar boshoq olib bug`doy bo`lib yetiladi.
To`g`rimi bolajonlar?
Bolalar javobi: To`g`ri
Tarbiyachi: Bolajonlar kelinglar sizlarga non haqida bir rivoyatni aytib beraman.
Hirot sultoni Husayin Bayqaro: “Dunyodagi eng yaxshi xidni keltiring!”- deb qolibdi. Unga quchoq quchoq gul keltirishbdi. Sulton: “Yo`q”- debdi. Qalampirmunchoqni ro`baro qilishibdi, rad etibdi. Yer yuzidagi jamiki hushbo`y xidli narsalarni nuhayyo qilishibdi. Sulton bo`lsa: “Men aytgan bu emas”, - deb turib olibdi. Keyin: - Uch kun muxlat ichida topsalaring toplaring, bo`lmasa hammangni jazoga tortiraman debdi.
Vazirlar nima qilishni bilmay o`ylayverib, boshlari qotibdi. Husayn Bayqaro istagan xidni topisha olmay oxiri nonvoyning oldiga borishibdi.
- sultonimiz aytgan xidni topib, bizni halokatdan saqlab qolin, - deyishibdi.
Do`stining ko`ngli qanday xidni istaganini bilolmay, Nonvoyning ham boshi qotibdi.
Dehqom bobodan so`ragan ekan, u:
- Yangi yopilgan nonni olib boringlar-chi, otam raxmatli, dunyoda eng lazzatli va yoqimli xid-qayroqi bug`doy unidan yopilgan tandir non, hech qaysi xid unga yetolmaydi, deguvchi edilar, - deb maslahat beribdi.
Nonvoy hursand bo`lib, dehqon aytganini qilib, bir savat non yoptirilibdi-da, saroyga yetib boribdi. Bir zumda saroyga ajib xid tarqab, barchaning dilini yashnatib yuboribdi.
- Rahmat, do`stim, - debdi Husayn Bayqaro nonlarni ko`rib, - ko`nglik yangi yopilgan nonni isini qumsayotgan edi, topib kelibsiz. Dunyoda yangi yopilgan nonning isidan ko`ra yoqimliroq xid yo`q…

- Sultonim, rahmatni menga emas, dehqon boboga ayting, ko`nglingizni hohishini shu kishi topdi, - deb javob beribdi nonvoy.


Husayn Bayqaro dehqonga bosh-oyoq sarpo berishni buyuribdi.



Yüklə 219,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin