Mening shaxsiy kutubxonam.
Kitoblar bilan hamroh bo'lish insonga boshqa olamlar bilan muloqot qila olishlik lazzatini beradi.
Shuning uchun ham men o'z shaxsiy kutubxonamni boyitishni juda ham istayman.
Kitoblarim sanoqli bo'lsa ham ularning har birida meni hayollar, kitob o'qilayotgan paytdagi
xotiralar-u qanday holatlarga tushganim mujjasam.
Yozuvchilarimizdan ko'proq O'tkir Xoshimovning kitoblarini sevib o'qiyman va kutubxonamda
buyuk adibning kitoblari ko'proq bo'lishini istardim.