Metall buyumlarni termik sinfga kiruvchi usullarda payvandlash


Metallarni qoplamali metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida dastaki payvandlash



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə7/22
tarix31.12.2021
ölçüsü1,03 Mb.
#112552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
METALL BUYUMLARNI TERMIK SINFGA KIRUVCHI USULLARDA PAYVANDLASH

4. Metallarni qoplamali metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida dastaki payvandlash

Po‘latlarni payvandlashgacha ularni qalinligiga qarab payvandlash joylari ma’lum tarzda, masalan, pastki choklarni uchma-uch payvandlashda qalinligi ≤6 bo‘lsa kertilmay, 5–22 mm orasida bo‘lsa V simon, ≥20 mm bo‘lsa X simon va >22 bo‘lsa U simon kertish tavsiya etiladida zang, tuproqlardan tozalanib payvandlash stoliga o‘rnatiladi. Keyin tegishli elektrod tipi, markasi, diametri, payvandlash rejimi belgilanadi.

Amalda uglerodli po‘latlarni dastaki payvandlashda ularning qalinligi (S) ga ko‘ra elektrod diametri (De) ni 18-jadvalga ko‘ra:

18-jadval

S, mm

0,5

1-2

2-5

5-10

12-24

30-60

Dc, mm

1,5

2-2,5

2,5-4

4-6

5-6

6-8





















Tok kuchini esa quyidagicha belgilanadi:

I=(40-50)-De, A.

Yoy oldirilgandan keyin esa payvandlashda yoy uzunligini saqlashga harakat qilib, elektrodni o‘qi, payvandlash yo‘nalishi va chok enini qamrab siljitib boriladi.

Bunda yoyning barqaror yonish rejimi 81-rasmdagi «D» nuqtada to‘g‘ri keladi. Agar qandaydir sabablarga ko‘ra yoy uzunligi o‘zgarsa, yoyning barqaror yonish rejimi ham o‘zgarishi muqarrar.

Payvandlashda, elektrod uchi va payvandlash joyi erib vanna hosil bo‘lib, sovishida kristallanib chok bostiriladi. 82-rasm, a da metallarni metall elektrod bilan elektr yoy yordamida pastki chokni dastaki payvandlash sxemasi 82-rasm, b da esa elektrodni harakat yo‘li keltirilgan.

Ma’lumki, payvandlashda ish unumdorligi chokni hosil qilishga sarflangan vaqt bilan aniqlanadi.

Agar umumiy sarflangan vaqtni - Ty bilan belgilasak, unda uni quyidagicha aniqlash mumkin:

bu yerda, Tyo yoyning yonish vaqti, min; К – payvandchini ishi bilan bandlik koeffitsiyenti (ish xarakteriga ko‘ra 0,4–0,8 bo‘ladi).



Tyo – ni quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin:

bu yerda, G – payvandlashda chokka o‘tgan suyuq metall miqdori gr;

I – payvandlash toki, A;

Ке I A tokda bir soat ichida erib vannaga o‘tgan metall elektrodni ko‘rsatuvchi koeffitsiyent.

Qoplamali metall elektrodlarda Ke – 8–12 g/A oralig‘ida bo‘ladi.

G ni esa quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin:

Payvandlash tezligini esa quyidagicha aniqlanadi.



bu yerda, L bostirilgan chok uzunligi, m.

Bu usulning ish unumdorligining pastligi, elektrodni 20– 25% ni qiyindiga o‘tishi, sachrashi, malakali ishchini talab etishi kabi kamchiliklari bor.




Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin