9. Metallarni himoya gazlar muhitida suyuqlanmaydigan va suyuqlanadigan elektrodlar bilan elektr yoy yordamida payvandlash
Bu usulda metallarni payvandlashda elektr yoy va payvandlash joylari himoya gazlar muhitida bo‘lib, yoy issiqligida qizib, eriydi. Bu holda metall buyumlar havo tarkibidagi O2, N2, H2 gazlarning chok puxtaligiga zararli ta’siridan muhofaza qilib sifatli choklar olinadi. Bu usulda qalinligi 1–6 mm gacha bo‘lgan uglerodli, legirlangan po‘latlar hamda Cu, Al, Mg, Ti va boshqa metallar va ularning qotishmalari payvandlanadi.
Bu usul flyus talab etmasligi, termik ta’sir zonaning kichikligi, chokni tozaligi kabi afzalliklarga ega.
Dostları ilə paylaş: |