Payvandlash gazlari va gaz ishlab chiqarish apparatlari. Metall buyumlarni payvandlashda atsetilen, vodorod, tabiiy gaz va boshqa yonuvchi gazlardan foydalaniladi. Bu gazlar ichida atsetilen gazini kislorod bilan ma’lum nisbatda aralashtirib yondirilganda eng ko‘p issiqlik (3150oC) ajratishi sababli bu gazdan amalda keng foydalaniladi. Lekin unutmaslik ham lozimki, uning narxi boshqa yonuvchi gazlardan qimmat va ma’lum sharoitda portlaydi.
Atsetilenni gaz generator apparatda karbid kalsiydan olinadi. Gaz generatorlari konstruksiyasiga ko‘ra «karbidga suv», «suvga karbid» va «kontaktli» xillari bo‘lib ularni soatiga 3 m3 atsetilen ishlab chiqaruvchilari ko‘chma, yuqori unumlilari statsionar bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |