Metall buyumlarni termik sinfga kiruvchi usullarda payvandlash


Asosli qoplama (shartli belgisi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə6/22
tarix31.12.2021
ölçüsü1,03 Mb.
#112552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
METALL BUYUMLARNI TERMIK SINFGA KIRUVCHI USULLARDA PAYVANDLASH

Asosli qoplama (shartli belgisi - B). Bu qoplama tarkibiga marmar, kvars, ferrosilitsiy, ferromarganes va boshqalar bo‘ladi. Ularni bog‘lovchi sifatida qoplamaga suyuq shisha qo‘shiladi. Bu qoplamali elektrod bilan barcha sinfdagi uglerodli va legirlangan po‘latlar payvandlab mas’uliyatli konstruksiyalar olinadi. Bu qoplamali elektrodlarga UONI-18/45, OZS-2 va boshqa markalar kiradi.

Elektrod qoplamalarining qalinligiga ko‘ra yupqa, o‘rtacha, qalin va juda qalin xillarga ajratiladi. Yupqa qoplamalar bo‘r va suyuq shishadan iborat bo‘lib, yoyni barqaror yonishinigina ta’minlaydi. Qolganlari esa yuqorida qayd etilgandek yoy barqarorligini, eriyotgan elektrod va metall vannani tashqi muhitdan muhofaza qilib chok sifatini yaxshilaydi.

Qoplamalarning qalinligini elektrod diametri (D) ni sim diametri (d) ga nisbati (D/d) ga qarab aniqlanadi. Agar (D/d)≤l,2 bo‘lsa – yupqa, l,20≤D/d≤l,45 bo‘lsa – o‘rtacha, l,45≤D/d≤l,80 bo‘lsa – qalin, D/d

GOST 9466-75 ga ko‘ra qoplamali elektrodlar shartli ravishda quyidagicha belgilanadi:

Masalan,

Bu yerda, E46A – da: E - elektrodligi; 46 – chokning kafolatlangan puxtaligi, 46 kgk/mm2; A – chok metallning yuqori plastligi;

UONI 13/45 – elektrod markasi; 3,0 – elektrod diametri, mm da; U – uglerodli po‘latlarni payvandlash uchun; D3 – qalin qoplamada yuqori sifatli choklarni bostiruvchi qoplama; E – elektrod; 432(5) – GOSTga ko‘ra belgilangan indekslar bo‘lib; chok metallni xarakteristikalarini ko‘rsatadi; 43 – chokning cho‘zilishga ko‘rsatgan vaqtli qarshiligi bo‘lib, kamida 43 kgk/mm2; 2 – nisbiy uzayishda kamida 22%; 5 – zarbiy qovushoqligi kamida 34 j/sm2; В – asosli qoplamaligini; 1 – barcha fazoviy vaziyatda payvandlash mumkinligi; О – o‘zgarmas tokda teskari qutbli ulanganligini bildiradi.

Shuningdek, GOST bo‘yicha elektrodlar payvandlanadigan metallarga qarab uglerodli va kam legirlangan konstruksion po‘latlarni yuqorida aytilganidek – U, legirlangan konstruksion po‘latlarni – L, legirlangan issiqbardosh po‘latlarni – T, ko‘p legirlangan maxsus xossali po‘latlarni – V, sirt yuzaga eritib qoplanadigan maxsus xossali po‘latlarni – N harflar bilan shartli belgilanadi.

Shuni ham qayd etish kerakki, chok metalliga qo‘yilgan talabga ko‘ra elektrodlarni tiplarga ajratiladi. Bu yerda elektrodlar uchun chok metallning cho‘zilishga vaqtli qarshiligi (σv), nisbiy uzayishi (δ) va zarbiy qovushoqligi (ksi) keltiriladi. Konstruksion po‘latlarni U va L guruhga kiruvchi elektrodlar bilan payvandlashda E38, E42, E42A, E46, E150 tipidagi elektrodlardan foydalaniladi. Har bir tip elektrodga bir necha markali elektrodlar to‘g‘ri keladi. Bu tipdagi elektrodlarda E – elektrodligini, raqamlar chok metallning cho‘zilishiga bo‘lgan vaqtli qarshiligi, MPa, A harfi chok metallning yuqori plastikligini bildiradi.




Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin