Metall va qotishmalarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish



Yüklə 52,54 Kb.
səhifə14/14
tarix01.12.2023
ölçüsü52,54 Kb.
#136888
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Metall va qotishmalarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish

Kompozitsion materiallar -oʻzaro uncha taʼsirlashmaydigan, kimyoviy jihatdan har xil boʻlmagan komponent (aralashma) larning hajmiy birikishidan hosil boʻladigan va komponentlar bir-biridan aniq chegara bilan ajralib turadigan materiallar. Har qaysi komponentning eng yaxshi xossalari (mustahkamligi, yeyilishga chidamliligi va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtirganligi uchun Kompozitsion materiallar ularning hech biriga xos boʻlmagan koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi. Odatda, Kompozitsion materiallar plastik (metall yoki nemetall — anorganik yoki organik) asos yoki matritsa hamda qoʻshilmalar: metall kukunlari, tolalar, ipsimon kristallar, yupka payraha, gazlama va boshqalardan iborat boʻladi. Kompozitsion materiallar turlari: tolali (tolalar yoki ipsimon kristallar bilan mustahkamlangan); dispersion-zichlangan (dispers zarralar bilan mustahkamlangan) va qatlamli (turli xil materiallarni presslab yoki prokatlab olingan).
Kompozitsion materiallar tayyorlashning muhim texnologik usullari: armaturalovchi (mustahkamlovchi) tolalarga matritsa materiali shimdirish; mustahkamlagich va matritsa lentalariga press-qolipda shakl berish; komponentlarni sovuqlayin presslab, keyin qovushtirish; mustahkamlagichga matritsani purkab, keyin qisish; komponentlarning koʻp qatlamli lentalarini diffuziya usulida payvandlash; armaturalovchi elementlarni matritsa bilan birga prokatkalash va h.k.
Kompozitsion materiallar aviatsiya, kosmonavtika, raketasozlik, avtomobil sanoati, mashinasozlik, kon-ruda sanoati, qurilish, kimyo sanoati, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi, uy-roʻzgʻor texnikasi, radiotexnika, energetika, quvur ishlab chiqarishda va boshqa tarmoqlarda qoʻllaniladi.
Kompozitsion materiallar
Bugun dunyo yangi texnika va texnologiya taraqqiyotiga qadam qoʻydi. Fan texnikani rivojlanishi natijasida metallurgiyada xam katta oʻzgarishlar boʻlmoqda. Metall oʻrniga yangi turdagi maxsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Masalan: eng yaxshi poʻlat yoki alyuminiy qotishmalari bilan tenglasha oladigan material – bu kompozit yoki kompozitsion materiallardir.
Ensiklopedik materiallarga koʻra “Kompozit”ning manosini qoʻyidagicha berilgan: “Berilgan yoʻnalishi boʻyicha mustaxkamlovchisi boʻlgan metall yoki metallmas materiallar. Zamonaviy kompozitsion materiallardan biri - temirbeton”. Maʼlumki, temir-beton olishda, poʻlat armatura atrofida betonni qotiriladi. Natijada oʻziga xos monolit xosil boʻlib, beton asosan siquvchi kuchga, armatura chuzuvchi kuchga ishlaydi.
Bundan koʻrinib turibdiki, kompozit materiallarini ishlab chiqish, asos va mustaxkamlovchining yaxshi xususiyatlarini qoʻllashga moʻljallangandir.
Bunga misol tariqasida shisha plastikani olishimiz mumkin. Unda shisha ipni polimer smolasiga botiriladi. Bu material yonmaydi, oʻtda qizdirilganda xam mustaxkamligini saqlaydi, suv shimmaydi, korroziyaga chidamlidir. Bundan tashqari, mustaxkamlovchi – shisha ipi, koʻp tarqalgan organik va neorganik tolalar orasida keng qoʻllanilishi boʻyicha oldingi oʻrinda toʻradi. Asosi polimer bogʻlovchi boʻlgan kompozitlar xozircha keng tarqalgan. Bu materiallar 200 S temperaturagacha boʻlgan muxitda ishlay oladi. Kompozitsion materiallarning baʼzi turlari, masalan: uglerod bogʻlovchisi, uglerod tolali kompozitlar 2500 S gacha temperaturaga bardosh
Keramik materiallar

KERAMIK MATERIALLAR VA ULARNING TURLARI Gilli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qu’shilmalar qu’shib, qoliplash va kuydirish yuli bilan olinadigan buyumlar va materiallar keramik materiallar deb ataladi. Qurilishda keramik materiallar va buyumlardan devorlar qurish va bino tomlarini yopish, pol, devor va fasadlarni qoplash, pechg va tutun trubalarini terish, kanalizatsiya va drenaj qurish hamda boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. Keramik buyumlar yasaladigan material keramika texnologiyasida keramik sopolak deb ataladi. Konstruktsiyasi jixatidan muljallangan buyicha keramik materiallar va buyumlar kuyidagi guruxlarga bulinadi: - devorbop (gisht, keramik toshlar, gishtdan qilingan bloklar va panellar); - tomlar uchun (ichi ko`ak toshlar, keramik toshlardan qilingan balkalar, tombop qoplama panellar, cherepitsa); - binolar fasadini qoplash uchun (keramik gisht va toshlar, fasad plitkalari); - binolar ichiga qoplash uchun (sirlangan plitkalar va fason detallar, pol uchun plitkalar); - kanalizatsiya va drenaj trubalari; - sanitariya-texnika buyumlari (rakovina, unitaz, yuvish bakchalari va boshqalar); - kislota bardoshli buyumlar (gisht, plitkalar, trubalar); - yul materiallari (gishtlar, toshlar); - issiqlik utkazmaydigan (govakli ichi bush gishtlar va toshlar); - engil betonlar uchun tuldirgichlar (keramzit, agloporit); - olovga bardoshli buyumlar (gisht va fason buyumlar). Keramik materiallar va buyumlar ishlab chikarish uchun gil asosiy xom ashyolar. Gil tog jinslarining mayda dispersiyali fraktsiyasi bulib, suv bilan plastik qorishma xosil qilish, qurigandan keyin unga berilgan shaklni saqlab qolish va pishirilgandan keyin tosh qattikligiga ega bulish xususiyatiga ega. KERAMIK MATERIALLAR VA BUYIMLAR IShLAB ChIQISh Keramik materiallar va buyumlar turli ulcham, shakl va xossalarga ega uladi, lekin ularni ishlab chikarish texnologiyasi taxminan bir xil buladi va xom+ashyo materiallarini qazib olish, xom+ashyo massasini tayyorlash, xom ashyoni qoliplash, quritish, pishirish, pishirilgan buyumlarni navlarga ajratish xamda omborda saqlashni uz ichiga oladi. Gil qazib olish. Keramik materiallar va buyumlarni ishlab chikarish uchun gil, odatda, bevosita zavod yaqinida joylashgan kargerlardan ekskavatorlar va boshqa mashina xamda mexanizmlar yordamida qazib olinadi. Zavodga gil kuzovik agdariladigan vagonchalarda, avtosamosvallarda, tasmali transporterlarda, telejkali traktorlarda tashiladi. Xom ashyo massasini tayyorlash. Kargerdan qazib olingan va zavodga tashib keltirilgan gil tabiiy xolatdan kupincha buyumlar qoliplash uchun yaroqsiz buladi va tabiiy tuzilishini buzish, undan zararli aralashmalarni chikariy tashlash. Yirik aralashmalarni maydalash, gilga qushimchalar aralashtirish, shuningdek, qulay koliplanadigan massa xosil qilish uchun uni namlash kerak. Xom ashyo aralashmasi yarim quruq, plastik yoki xul (shliker) usullarida tayyorlanadi. Bu usullardan qaysi birini tanlash xom ashyo materiallarining xossalariga, keramik massasining tarkibiga va buyumlarni qoliplash usuliga, shuningdek, ularning ulchamlari va vazifasiga boglik. Yarim quruk usulda xom+ashyo materiallari quritiladi, bulaklanadi, maydalanadi va sinchiklab aralashtiriladi. Gil, odatda, quritish barabanlarida quritiladi, quruqlayin tuyish mashinasida, diz entegratorlar yoki sharli tegirmonlarda parchalanadi va maydalanadi, quraqli aralashtirgichlarda aralashtiriladi. Presslanadigan uqinning namligi 9-11%. Presslanadigan kukun kerakli namlikka ega bulguncha suv yoki bug’ bilan namlanadi. Yarim quruq presslab tayyorlangan qurilish gishti, pol plitkalari, qoplama plitka va boshqalar tayyorlashda xom+ashyo aralashma tayyorlashning yarim quruq usulidan foydalaniladi. Plastik usulda xom ashyo materialari tabiiy namlikda aralashtiriladi yoki namligi 18-23% bulgach gil qorishmasi bulgunga qadar suv qushiladi. Xom ashyo materiallarni maydalash va qayta ishlash uchun turli tipdagi tegirmon toshdan, aralashtirish uchun esa gilkorgichlardan foydalaniladi. Plastik usulda plastik koliplanadigan keramik gishtni, keramik toshlarni, cherepitsalar, truba va boshqalarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo aralashmasi tayyorlanadi. Shliker usulida xom+ashyo materiallar oldindan maydalab kukun qilinadi, sungra esa kup miqdorda suv quyib yaxshilab aralashtiriladi, bunda bir jinsli suspenziya (shliker) xosil bulishi kerak. Bu usul chin ni va fayans buyumlar, qoplama plitka va boshkalarni ishlab chikarishda qullaniladi. Buyumlarni qoliplash. Keramik buyumlar xar xil usullarda: plastik, yarim quruq va quyib qoliplanadi. Qoliplash usulini tanlash buyumlar, turiga, shuningdek, xom ashyoning tarkibi va fizik-mexanik xossalariga boglik. Plastik usulda qoliplash-
Sovuqqa chidamli materiallar

Sovuqqa chidamli materiallar deb, past haroratlarda 0-(-260ºS) da ham o‗zini 
qovushqoqligini yetarli darajada saqlab turadigan materiallarga aytiladi. Sovuq sharoitda 
ishlaydigan po‗lat konstruktsiyalar (ko‗priklar, stalbalar, temir yo‗l relslari,gaz va neft 
trubalari) qurilish mashinalari, avtomobillar (shimoliy joylarda - 60ºS da ishlaydigan) juda 
ko‗p. Samolyot obshivkalari-qoplamalari, raketa va kosmik kema detallari 0ºS dan suyuq 
kislorod haroratigacha (-1830S) sovuq sharoitda ishlaydi. Suyultirilgan gazlarni saqlovchi 
hajmlar suyuq geliy haroratigacha (-269ºS) sovitiladi. 
Materiallarni ishlash harorati pasayishi bilan ularning qovushqoqligi, plastikligi 
pasayadi mo‗rt yemirilishga (buzilishga) moyilligi ortadi. Bu materialni mo‗rt sinishga 
olib keladi. Mo‗rt temirga, po‗latlarga, hajmi markazlashgan va geksogonal panjarali 
po‗lat va qotishmalarga xos. Material ishonchli ishlashi uchun qovushqoqlik harorati 
zaxirasi bo‗lishi lozim. Bunga materialni sovuq sinish ostonasi (chegarasi) uni ishlatish 
haroratini past bo‗lgan holatda erishiladi. Materialni zarur bo‗lgan qovushqoqlik harorat 
zaxirasi materialni sovuq sinishiga ta‘sir qiluvchi faktorlarga bog‗liq: kuchlanishlarni 
to‗planishiga, kuch qo‗yish tezligiga, detal o‗lchamlari va h.k. 
Qovushqoqlikni harorat zaxirasi qancha katta bo‗lsa, soviq sinish xavfi kichik 
bo‗ladi, ishlash ishonchliligi yuqori bo‗ladi. 
Yoqlari markazlashgan kristallik panjarali metall va qotishmalar, titan va uning 
geksogonal panjarali qotishmalarini sovuq sinish ostonasi yo‗q, ularni sovutganda zarbiy 
qovushqoqligi bir tekis (bir oxangda) kamayadi. 
Bunday materiallarni sovuq sinishi uni zarbiy qovushqoqligi 0,3MDj /m2(tksi=0,3) dan ko‗p bo‗lgandagi harorati bilan baholanadi.
Rasm 9. Konstruktsion materiallarni zarbiy qovushqoqligini (Q) va oquvchanlik 
chegarasini (b) haroratga bog‗liqligi: 1-12X18N10T-suvda toblash (1100ºS); 2-0N9-suvda 
toblash (980ºS), bo‗shatish (600ºS); 3-VT5-1-normallash (750ºS); 4- 03X9K14N6M3T-
xavoda toblash (950ºS), eskirtirish. 

Metallarni payvandlash. Payvandlash turlari va birikmalari



Materiallarni o’zaro atomar yoki molekulyar bog’lanishi hisobiga 
ajralmaydigan qilib biriktirilishiga payvandlash deyiladi. Amalda bu maqsad 
uchun payvandlanuvchi metallarni payvandlash joylari eritilib, kichik vanna hosil 
etiladi va uni havoda sovishida kristallanib chok olinadi yoki payvandlash joylari 
yuqori plastik holga kelguncha qizdirilib, bosim ostida o’zaro yaqinlashtiriladi. 
Bunda yuzalaridagi oksid pardalar parchalanib, iflosliklar ajralib, yuza g’adir
budurliklari ezilib, atomlararo tortishish kuchlari hisobiga bog’lanib chok olinadi. 
Bu usullarda har xil qalinlikdagi metallar va ularning qotishmalarini, nometall 
materiallar yerda, suv ostida va koinotda payvandlanadi. CHunki bu usul 
ajralmaydigan birikmalar olishdagi boshqa usullar (kovsharlash, mixni porchinlab 
biriktirish)ga qaraganda puxta birikmalar olinishi, tejamliligi, ish unumining 
yuqoriligi va boshqa afzalliklariga ko’ra texnikaning barcha sohalarida keng 
qo’llaniladi. 
Metallarni payvandlash usuli odamlarga juda qadimdan ma’lum bo’lib o’sha 
zamonlarda metallarni yer o’choqlarda qizdirilib, ularni birikish joylarini birini 
ustiga ikkinchisini qo’yib zarblab payvandlaganlar. Lekin bu usulning nazariy 
asoslari faqat XIX asr oxiri XX asr bosfjjaridagina yaratila boshlandi. Bu borada 
V. V. Petrovning xizmatlari g’oyat katta, u 1802 yilda elektr yoyining xususiyatini 
o’rganib, yoy issiqligida metallarni payvandlash mumkinligini aytdi. 1882 yilda N. 
N. Benardos elektr yoy yordamida ko’mir elektrod bilan metallarni payyandlashni 
(1rasm, a), 1888 yilda esa N. G. Slavyanov elektr yoy yordamida metall elektrod 
bilan metallarni payvandlash usulini, metall vannani havo tarkibidagi chok sifatiga 
zararli 


Yüklə 52,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin