Metall va qotishmalarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish
Qotishmalarning holat diagrammalari va ularning tuzilishi Qotishmalar tarkibidagi element (komponent) larining xili konsentratsiyasi va temperaturasi o‘zgarganda fazalarining qanday holatda bo‘lishini ko‘rsatuvchi diagramma shu qotishmaning holat diagrammasi deyiladi. Qotishmalarning holat diagrammasi uning ayni sharoitda eng kichik erkin energiyali barqaror fazalar holatini ko‘rsatgani uchun bu diagramma qotishmaning muvozanat diagrammasi deb ham ataladi. Demak, qotishmalarning holat diagrammasidan kristallanish davrida fazalarning hamda ularga ko‘ra xossalarining o‘zgarishi kuzatiladi. Shuning uchun qotishmalarning holat diagrammalarining amaliy
ahamiyati g‘oyat katta. Ma’lumki, qotishmalar tarkibiga kiruvchi komponentlar
ortishi bilan holat diagrammalarining tuzilishi murakkablashadi. Eng oddiy holat diagrammalari ikki komponentli qotishmalarga xos bo‘lgani uchun shu qotishmalarning holat diagrammasini ko‘rib chiqish bilan kifoyalanamiz.
Amalda aniq qotishmalarning holat diagrammasini tuzish uchun komponentlarini va aniq tarkibli qotishmalarini olib, ularni o‘tga chidamli materiallardan yasalgan idishga kiritib, pechda suyultirilib, asta-sekin sovitib boriladi. Bunda ularning kristallana boshlashi va tugashi temperaturalarining o‘zgarishi termo-elektrik pirometr, strukturasi esa maxsus metallografik mikroskop yordamida kuzatib, olingan materiallar asosida holat diagrammasi tuziladi. Masalan, Pb-Sb qotishmasining holat diagram-masini tuzish uchun avvalo Pb va Sb larni va turli konsentratsiyali qotishmalarini olib, ularning kritik temperaturalarini aniqlaymiz. Aniqlangan materiallar asosida har biri uchun sovitish egri
Metallurgiya jarayoni to‘g‘risida umumiy tushunchalar. Domna pechining tuzilishi. Domna pechining mahsuloti
Domna pechi 8-10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shaxtali pech
bo‘lib, o ‘rtacha hajmi 2000-3000 m ni tashkil etadi. Domna
pechining ichki devori shamot g‘ishtidan terilib (7.1-rasm), sirtidan
15-20 mm li po‘lat list bilan qoplanadi. Bu qoplama pechning g'ilofi