(1) deyiladi. Domna pechining ustki qismi koloshnik (2) deb ataladi.
Koloshnikka shixta materiallarini domnaga m a’lum miqdorda, bir
tekisda yuklash qurilmasi o ‘matilgan.
Domna ishlayotganda ajralayotgan gazlar, uning koloshnik
qismiga o ‘matilgan truba (3) orqaii gaz tozalash qurilmasiga o ‘tadi.
Gaz tozalangach, maxsus quvurlar orqali havo qizdirgich (4) ga
yuboriladi. Pechning koloshnik qismi tagidagi pastga tomon kengayib
boradigan kesik konusli eng katta qismi shaxta (5) deb ataladi. Bu
qism o‘z navbatida silindrik shaklli qism bilan tutashgan bo‘lib, u
raspar (6) deyiladi. Raspar kesik konusli qism bilan tutashgan bo‘lib,
bu qism zaplechik (7) deb ataladi. Bu qism o ‘z navbatida silindrik
shaklli qism bilan tutashgan.
O 'txona tubi leshchad deyiladi, u grafit g‘ishtli bloklar yoki yu
qori sifatli shamot g ‘ishtlaridan ishlanadi. Pech metall halqali taglik
plitaga, taglik esa beton poydevorga o‘matilgan bo iib , temir ustun-
larda turadi.
Domna pechining asosiy mahsuloti cho'yandir. Lekin cho‘yan
olishda u bilan birga shlak, domna gazi va koloshnik changi ham ajra-
ladi, shu boisdan ular ham domna pechining mahsulotlari hisoblanadi.
Cho‘yanlar kimyoviy tarkibi va ishlatilish joylariga ko‘ra
quyidagi turlarga ajratiladi:
Qayta ishlanadigan cho‘yanlar.Bu cho‘yanlar qattiq va
mo‘rtdir. Sababi shuki, bu cho‘yanlarda uglerodning hammasi yoki
ko‘proq qismi temir bilan kimyoviy birikma temir karbidi (Fe
holatida, qolgani grafit tarzida b o ‘ladi.
Quyma cho‘yan!ar. Bu cho‘yanlarda uglerodning ko‘p qismi
erkin holatda, ya’ni grafit tarzida bo‘fadi. Quyma cho‘yanlaming
boshqa cho‘yanlarga nisbatan afzalligi shundaki, ular yuqori oquv-
chanlik, qotganda hajmning kam kirishishi, suyuqlanish temperatu-
rasining nisbatan pastligi, oson kesib ishlanishi kabi xossalarga ega.