Metallarning suvga ta’siri. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari suv bilan ta’sirlashib, asoslar va vodorod hosil qiladi, masalan:
2Na + 2H2O = 2NaOH + H2 Ayrim metallar (Al, Zn, Cr va boshqalar) suv bilan o`zaro ta’sir etganda oksid yoki gidroksid parda bilan qoplanadi va metallarning suv bilan keyingi ta’sirlashishiga to`sqinlik qiladi. Bunday metallar suv ta’sirida passivlashuvchi metallar jumlasiga kiradi. Masalan:
2Al + 6H2O = 2Al(OH)3 + 3H2 Zn + H2O = ZnO + H2 ko`pgina, ayniqsa vodoroddan o`ngda joylashgan metallar esa suv bilan ta’sirlashmaydi.
Metallarning kislotalarning suyultirilgan eritmasiga munosabati. Vodoroddan oldin joylashgan metallar kislotalarning (HNO3 dan tashqari) suyultirilgan eritmasidan vodorodni siqib chiqaradi. Masalan:
Fe + H2SO4 = FeSO4 + H2 Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2 Bunda metall valent elektronini vodorod ioniga berishi natijasida oksidlanadi. Elektronni biriktirib olgan vodorod ioni esa qaytariladi va erkin holda ajralib chiqadi.
Metallarning kislotalarning konsentrlangan eritmalarga ta’siri. Bunday ta’sirlashuv jarayonida metall atomlari qaytaruvchi vazifasini bajargani holda, oksidlovchilik vazifasini kislota eritmasidagi vodorod ionlari emas, balki kislota qoldigi anionlari bajaradi. Masalan:
Cu + 2H2SO4 = CuSO4 + SO2 + 2H2O