Metalllarning korroziyasi. Kimyoviy korroziya nima va uni qanday yo'q qilish kerak



Yüklə 50,97 Kb.
səhifə4/6
tarix25.11.2023
ölçüsü50,97 Kb.
#134611
1   2   3   4   5   6
Metalllarning korroziyasi

Metallarga ishqorlarning ta’siri. Amfoter metallar ishqorlar bilan ta’sirlashadi. Masalan:
Zn + 2NaOH = Na2ZnO2 + H2
yoki
Zn + NaOH + 2H2O = Na[Zn(OH)3] + H2


Al + 2KOH + 2H2O = 2KAlO2 + 3H2
yoki

2Al + 2KOH + 6H2O = 2K[Al(OH)4] + 3H2
Metallarning oksidlari va gidroksidlari. Metallarning xossalarini aniqlashda, ko`pincha, ular oksidlarining va gidroksidlarining xossalari muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
Agar metall o`zgarmas valentlikka ega bo`lsa, uning oksidi va gidroksidi asosli xossani namoyon qiladi. Berilliy, rux, alyuminiy bundan mustasno, chunki ularning oksidlari va gidroksidlari amfoterdir.
Agar metallning valentligi o`zgaruvchan bo`lsa, ularning kichik valentli oksidlari va gidroksidlari asosli xususiyatni namoyon qiladi. Valentligi ortib borishi bilan amfoter va keyin kislotali xossasi vujudga keladi. Bunga marganesning oksidlari va gidroksidlari misol bo`ladi: marganes(II)-oksid (MnO) va marganes(III)-oksid (Mn2O3) asosli xususiyatga ega; marganes(IV)-oksid (MnO2) esa amfoter xossaga egadir; manganat MnO3 va permanganat Mn2O7 angidridlar kislotali oksidlardir. Marganes oksidlariga muvofiq ravishda quyidagi asos va kislotalar to`g`ri keladi:
Mn(OH)2, Mn(OH)3, Mn(OH)4, H2MnO3, H2MnO4, HMnO4.

7-laboratoriya ishi
Metallarning xossalari
Asbob va reaktivlar: Probirkalar va ular uchun shtativ, spirt lampasi, pichoq (yoki linset), 50-100 ml sig`imli stakan, filtr qog`ozi. Natriy, magniy, rux, mis, temir va alyuminiy metallari. Fenolftalein indikatori eritmasi. H2SO4 va HCl larning 10% li eritmasi, konsentrlangan H2SOva HNO3. NaOH ning 10% li va 30% li eritmalari. MgSO4, ZnSO4, CuSO4, Al2(SO4)3, FeSO4 va FeCl3 larning 1n eritmalari.


Yüklə 50,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin