Методичка O„zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va


-tajriba ishi. QIDIRUV USULLARINI TADQIQ QILISH



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/49
tarix02.12.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#120338
növüЛабораторная работа
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
ssWL97f96rfBn9UDqVyfDstpls1QI7qkbdHroAcu

5-tajriba ishi. QIDIRUV USULLARINI TADQIQ QILISH 
Ishdan maqsad: talabalar berilgan tuzilmaning shakliga qarab biror kalitga 
mos elementni qidirishning optimal usulini qo‟llashni o‟rganishlari va qidiruv 
usullarining samaradorligini taqqoslashlari kerak. 
Qo‟yilgan masala: topshiriq variantidagi masalani so‟ralayotgan qidiruv 
usuli yordamida yechishning C++ tilidagi dasturini yaratish ko‟nikmasiga ega 
bo‟lish. 
Ish tartibi: 
 Laboratoriya ishi nazariy ma‟lumotlarini o‟rganish; 
 Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish; 
 C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish; 
 Natijalarni tekshirish; 
 Hisobotni tayyorlash va topshirish. 
5.1. Ma‟lumotlarni tuzilmadan qidirish
Kompyuterda ma‟lumotlarni qayta ishlashda qidiruv asosiy amallardan biri 
hisoblanadi. Uning vazifasi berilgan argument bo‟yicha massiv ma‟lumotlari 
ichidan mazkur argumentga mos ma‟lumotlarni topish yoki bunday ma‟lumot 
yo‟qligini aniqlashdan iborat.
Ixtiyoriy ma‟lumotlar majmuasi jadval yoki fayl deb ataladi. Ixtiyoriy 
ma‟lumot (yoki tuzilma elementi) boshqa ma‟lumotdan biror bir belgisi orqali farq 
qiladi. Mazkur belgi kalit deb ataladi. Kalit noyob bo‟lishi, ya‟ni mazkur kalitga 
ega ma‟lumot jadvalda yagona bo‟lishi mumkin. Bunday noyob kalitga 
boshlang‟ich (birinchi) kalit deyiladi. Ikkinchi kalit bir jadvalda takrorlansada u 
orqali ham qidiruvni amalga oshirish mumkin. Ma‟lumotlar kalitini bir joyga 
yig‟ish (boshqa jadvalga) yoki yozuv sifatida ifodalab bitta maydonga kalitlarni 
yozish mumkin. Agar kalitlar ma‟lumotlar jadvalidan ajratib olinib alohida fayl 
sifatida saqlansa, u holda bunday 
kalitlar tashqi kalitlar deyiladi. Aks 


96 
holda, ya‟ni yozuvning bir maydoni sifatida jadvalda saqlansa ichki kalit deyiladi. 
Kalitni berilgan argument bilan mosligini aniqlovchi algoritmga berilgan 
argument bo‟yicha qidiruv deb ataladi. Qidiruv algoritmi vazifasi kerakli 
ma‟lumotni jadvaldan topish yoki yo‟qligini aniqlashdan iboratdir. Agar kerakli 
ma‟lumot yo‟q bo‟lsa, u holda ikkita ishni amalga oshirish mumkin: 
1. Ma‟lumot yo‟qligini indikatsiya qilish (belgilash) 
2. Jadvalga ma‟lumotni qo‟yish. 
Faraz qilaylik, k – kalitlar massivi. Har bir k(i) uchun r(i) – ma‟lumot 
mavjud. Key – qidiruv argumenti. Unga rec - informatsion yozuv mos qo‟yiladi. 
Jadvaldagi ma‟lumotlarning tuzilmasiga qarab qidiruvning bir necha turlari 
mavjud. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin