1. Biznesni moliyalashtirish va moliya kredit masalalarini takomillashtirish.
Tadbirkorlarga beriladigan kreditlar muddatini uzaytirish va foizlarini kamaytirish. Tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasi va kreditlarning maqbul foiz stavkalarini shakillantirish. Banklarning kapitalini oshirish. Bank eng yaxshi biznes reja, qaytimi yuqori va eng ko‘p ish o‘rni yaratadigan loyihalar uchun mablag‘lar ajratish. Xorijiy banklarni yurtimizga kirib kelishi uchun keng imkoniyatlarni yaratish. Banklar chetdan resurslarni qanday valyutada jalb etishidan qat’iy nazar, tadbirkorlarga kreditni milliy valyutada berish tizimini yaratish. Hukumat tomonidan xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb etiladigan imtiyozli mablag‘lar hisobidan banklarga beriladigan kreditlarning muddatini cheklash amaliyotini bekor qilish. Hududlarda banklar loyiha fabrikalari va tadbirkorlikka o‘qitish markazlarini tashkil etish. Inflyatsiya darajasini kamaytirish. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish. Biznesni moliyalashtirish manbalarini mikro-moliya tashkilotlari tashkil etish orqali yanada ko‘paytirish.
Dostları ilə paylaş: |