Budjetddan tashqari jamg‘armalarga bo‘lgan yig‘imlarni bekor qilish. Soliq stavkalari va soliq ma’murchiligi bo‘yicha tadbirkorlarga yengillik yaratish. Eksport mahsulotlari ishlab chiqarish uchun olib kelingan xom-ashyolarga import bojidan ozod etish. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini uzluksiz zanjirini yaratish. Qurilish sohasida ishlatiladigan maxsulot tannarxini kamaytirish. Xizmatlar sohasi, ayniqsa umumiy ovqatlanish va turizm korxonalari uchun pandemiya sharoitida soliq imtiyozlarini yaratish. Tadbirkorlik sub’ektlarini tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha debitorlik qarzdorligi uchun jarimalarni bekor qilish. Soliq ma’murchiligini soddalashtirish va soliq idoralarining nazorat funksiyalarini takomillashtirish.