3. Yangi O‘zbekiston sharoitida tadbirkorlarga yer ajratish masalalari
Yerlarni iqtisodiy oborotga kiritish, ularni oldi-sotdi va garov ob’ektiga aylantirish. Yerlarni ikki toifaga, ya’ni qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi yerlariga kirmaydigan yerlarga ajratish. Qishloq xo‘jaligi yerlari ochiq tanlov asosida faqat ijaraga berish. Qishloq xo‘jaligiga kirmaydigan yerlar faqat auksion orqali sotish. Tadbirkorlik sub’ektlarining hozir egalik qilish, foydalanish yoki ijara xuquqi asosida egallab turgan yer maydonlari ularga mulq qilib rasmiylashtirish. Davlat mulki ob’ektlarini ular joylashgan yer bilan birga, yagona mulkiy majmua sifatida auksion orqali sotish. Yangi yer maydonlarini auksionga chiqarishdan oldin har bir hududni rivojlantirish bo‘yicha aniq reja tuzish. Har bir viloyatda maxsus jamg‘armalar tashkil etish va yer maydonlarini sotishdan tushgan mablag‘ to‘liq tuman va shaHarlar ixtiyorida qoldirish, tadbirkorlar uchun infratuzilma yaratish va rivojlantirishga yo‘naltirish.
Dostları ilə paylaş: |