-Qani bolalarim buyoqqa kelinglarchi, bolalarning mo’ysafidning ovozini eshitib tarqab ketishadi. Faqat 5-6 yoshlar chamasidagi bola qoladi. Uning boshida oq sallacha, egnida yupqa matodan tikilgan ixcham kamzul, oyog’ida etikcha. U yugurib kelib, qo’llarini ko’ksiga qo’ygancha salom beradi.
-Men chaqirganimda o’rtoqlarining qochib ketdi. Sen esa huzurimga kelding. So’roqlarimga yaxshi javob qilding. Shuning uchun senga rahmat. Umring uzoq, boshing omon bo’lsin. Olim, fozil bo’lib, yaxshi obro’ga erishgaysan,-mo’ysafid uni duo qiladi.
Bu sahna ko’rinishidan keyin bo’lib o’tgan voqealar bolalar bilan tahlil qilinadi. Alisherning yoshi ulug’ kishilarga salom berishi, o’zini tutish, odobli ekanligi uqtiriladi.
Shuningdek, insonga xos odatlardan biri kulgu haqida ham A.Navoiyning fikrlaridan foydalanish mumkin.
O’qituvchi: Kulgu-insonga xos odatlardan biri, boshqacha aytganda, kulgi orqali odamning qanday ekanligini bilish mumkin. Hozir tengdoshlaringiz bu haqda Navoiy ijodidan namunalar keltiradi.
1-o’quvchi:
Bo’lmas odobsiz kishilar arjumand,
Past etar ul xaylini charxi baland.
O’qituvchi: (izoh beradi) Har bir kishining izzat hurmati odobi orqali keladi.
2-o’quvchi:
Tarki odobdin biri kulgu durur,
Kulgu odob tarkiga belgu durur.
O’qituvchi: Adabsizlikning bir ko’rinishi noo’rin va beo’xshov
Kulgudir. Demak, bo`lar-bo`lmasga irjayish yoki bo`lmasa ho`mrayib yurish insonning zebi-ziynati emas.