2.2. Bolalar nutqini o’stirishda tarbiyachining ota-onalar bilan ishlash shakllari
Mavzu : Tovush va harf Maqsad: tarbiyalanuvchilarga tovush va uning xilma xilligi haqida ma’lumot berish. Tovushlar harflar bilan ifodalanishini tushuntirish,so`z vabo`g`inlardan tovushni ajrata olishni o`rgatish,o`zaro hamkorlikda ishlash qobiliyatini tarkib toptirish.
Mashgulot metodi: analiz va sintez, kichik guruhlarda ishlash, ta’limiy o`yin “Nimaning ovozi”
Mashg`ulot jihozi: Kitob maketi, turli ertak kitoblari, buyumlar tasvirili kartochkalar, AKT,
Mashg`ulotning borishi: Tashkiliy qism: 10 daqiqa T: Bolajonlar barchangiz bormisiz
Mashg`ulot uchun tayyormisiz.
B. Mana bizlar hamamiz,
Zukko o`g`il qizlarmiz. Qani bolajonlar, hammamiz o`z joylarimizni egallab olamiz va bugungi mashg`ulotimizni boshlaymiz. (har bir stolda kerakli o`quv qurollar borligi tekshiriladi) Ayting-chi avvalgi mashg`ulotimizda siz bilan qaysi mavzuda suhbatlashgan edik? …….(so`z va bo`g`ilar)
Barakalla bolajonlar, keling siz bilan bir o`yin o`ynaymiz. Bu o`yinimiz bir necha bosqichda o`ynaladi.
“Hamkorlikda ishlash”
Bosqich
Tarbiyalanuvchilar juftlikda berilgan rasmni nomi va so`zni bo`g`inga bo`lib aytadilar. (olma, ol- ma, tarvuz, tar- vuz)
Bosqich
Tarbiyachi bilan birga bir necha rasmni ifodalovchi so`zni aytib bo`ginga bo`ladilar. Bu jarayonda hamma baravar xor bo`lib qaytaradilar.
Bosqich
Hamma bolalar doira bo`lib turib oladilar va o`z qollaridagi kartochkani o`rtoqlariga ko`rsatib navbat bilan bo`g`inlanb beradilar.
Ish yakunida bolalar ishi rag`batlantiriladi.
II Asosiy qism: 20 daqiqa Bolajonlar, bugungi mashg`ulotimiz mavzusi tovush va harflar. Tarbiyachi bir necha narsaning ovozini magnit tasma orqali eshittiradi va uni bolalardan so`raydi. Masalan suvning shildirashi, oyoq tovushi, musiqa ohangi, mashina ovozi …….
Ularni tovush ekanligini va uni biz quloqlqrimiz orqali eshitishimizni aytib o`tadi. Bular musiqa va tabiatdagi buyum va narsalarning harakatlanishidan chiqadigan ovoz. Hatto hayvonlar ham ovoz chiqaradilar uni ko`pchiligingiz eshitgansiz. Xo`roz, sichqon, qo`y, bo`ri qanday ovoz chiqaradi kim aytib bera oladi. Insonlar ham gapirganlarida ovoz chiqishi va ining ham o`z nomi bor. Uni biz tovushlar deb ataymiz. Tovushlar birlashib esa ma’lum tilni hosil qiladi. Mana biz qaysi tilda gaplashamiz? Ha, to`g`ri o`zbek tilida gaplashamiz. Do`stlaringiz orasida qanday tilda gaplashadiganlarini uchratasiz. (rus, tojik, qozoq…) shunday ekan har bir tilning o`z tovushlari va ular ifodalaydigan harflari bor.
Quvnoq daqiqa: “Yomg`ir” qo`shig`iga harakatli mashq bajariladi.
O`zbek tilida 29 ta harf mavjud. Bugun sizga shu harflarni tanishtirish maqsadida sehrli kitobchani olib keldim. Bolalarga kitob maketi ko`rsatiladi va uni ichi ochiladi kitob varaqlarida rasmlar bo`ladi lekin harflari bo`lmaydi. Tarbiyachi hayrat bilan kitobni varraqlydi ammo hech qanday harfni topa olmaydi.
Ekranda laylakvoy paydo bo`ladi.
Ovoz : men hamma harflarni berkitib qo`ydim agar men bilan sayohatga borsangiz sizga uni topishga yordam beraman.
Bolajonlar, rozi bo`larlik bo`lmasa qanday qilib o`qishni o`rganamiz. Kitobni o`qish uchun esa bizga harflar zarur. Ulardan bo`g`in, so`zlar hosil qilishimiz mumkin.