Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment”



Yüklə 225,5 Kb.
səhifə1/14
tarix20.05.2022
ölçüsü225,5 Kb.
#116073
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Metodikasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejme


O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
“MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI” KAFEDRASI
Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment”
fanidan
Himoyaga tavsiya etaman
Fakultet dekani
___________ M. Mirzayev
“____” ________


KURS ISHI


Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasalarida ta’limni tashkil etishda tarbiyachining o’rni

Talaba: 3-kurs 303-guruh talabasi


Sodiqova Maftuna
Ilmiy rahbar:
Xodjayorova Sevara

Himoyaga tavsiya etildi


“Maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi
mudiri Norbosheva M. O. __________
“______” ____________


Termiz 2022
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3I BOB I-BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI TARBIYACHISI- NING KOMPETENSIYASI …………………………………………..…………6
1.1. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni ……………………………….….6
1.2. Pedagog olimlarning tarbiyachi shaxsi to‘g‘risidagi fikrlari va tarbiyachi kompetensiyasi …………………………………………………………………...10
II-BOB. PEDAGOG-TARBIYACHI SHAXSIGA QO‘YILGAN TALABLAR VA UNING SHAXSINI SHAKLLANTIRISH ……..………………………….……16
2.1. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar …………………………..…16
2.2. Bolalar nutqini o’stirishda tarbiyachining ota-onalar bilan ishlash shakllari….25
Xulosa va tavsiyalar………………..….....………………………………………31
Foydalanilgan adabiyotlar ……………….……………….…………….………32
Ilovalar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondashishga o'z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o'sishiga ko'maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o'zi yashab turgan o'lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi uchun ijtimoiy faol bo'lishi kerak.
Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Shunga ko‘ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida, ular bilan bo‘ladigan muomalada, muloqotda ibrat, namuna bo‘lishi bolani har tomonlama diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedogogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvori ish natijalarini haqqoniy baholashi va ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi.
Maktabgacha ta’limda sohasida qilinayotgan barcha islohotlar yoshlarning har tomonlama sog’lom intelektual salohiyatli erkin fikrlaydigan shaxs bo’lib tarbiyalanishini qaror toptirishdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan barcha faoliyatlar “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartlari1” hamda “Ilk qadam” o’quv dasturiga mos bo’lishi kerak. Shundagina olib boriladigan pedagogik jarayon ham kutilayotgan natija ham shunga yarasha bo’ladi.
Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o'yinlarda, mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo'ladigan muomalada ta’sir ko'rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi o'z kasbini
sevishi va bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqati o'qituvchi - tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi.
Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang'ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o'z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo'lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo'ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o'simlik va hay vonlarga g'amxo'rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlar tarbiyalaydi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda kurs ishining dolzarbligi asoslandi.

Yüklə 225,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin