o‗quvchilarni qiziqtiradi, ayniqsa, matn tahlili yuzasidan berilgan savollar g‗azalni
tayanib, undagi tushunlishi qiyin bo‗lgan so‗zlarning mazmunini chaqish lozim
O‗zbek kelinchagi sariq rangli ko‗ylak ustidan qizil kamzul kiyib olgan,
ro‗mol og‗ushidan peshonaning ahvoli tang. Shu yerda savol tug‗iladi: nima uchun
―ro‗mol og‗ushidan peshonaning ahvoli tang‖? axir hozir ayollarimiz ro‗molni
peshonadan o‗ramaydi-ku. Buning javobini toppish uchun hech bo‗lmaganda
35
darsliklarda berilgan Jahon Otin Uvaysiy, Nodira (Mohlaroyim)ning rasmlariga bir
bor nazar tashlamoq zarur. Shunda savolning javobi topiladi. Chunki ayollarimiz
qadimda ro‗mollarini peshonalaridan bog‗laganlar.
Darslikda Furqatning musaddasi yuzasidan quyidagi savollar keltirilgan:
Musaddasning to‗la matnini o‗qib, unda ifodalangan voqea mazmunini
so‗zlab bering. Unda qanday ruh, kayfiyat yetakchilik qiladi?
She‘rda qaysi obrazlar ishtirok etmoqda? Ularga ta‘rif bering.
―O‗z yorini topmasdan ovora ekan mendek‖ misrasini sharhlang. Nima uchun
shoir sayd – ohuni o‗ziga o‗xshatyapti?
Sayd obrazi faqat ovlangan ohuni ifodalaydimi yoki ramziy ma‘nosi bormi?
Sayyod obraziga munosabat qildiring. U kimlarning timsolini gavdalantiradi?
Lirik qahramon sizda qanday taassurot qoldirdi? Ohuga munosabatiga ko‗ra
uni o‗zingizga yaqin sezyapsimi?