63
XULOSA
―Har qanday odamga uning qilgan ishlariga qarab baho berish kerak‖
(Servantes)
22
ekan , shu jihatdan, biz: ―Furqat - milliy ma‘naviyatimizning eng
zabardast siymolaridan biri‖, – deb ayta olamiz . Uning serqirra ijodiy faoliyati
millat yoshlarining barkamol shaxslar bo‗lib voyaga yetishida, shubhasiz, muhim
ahamiyatga ega. Shu sababli ham uning ijodini o‗rganish, asarlarini targ‗ib qilish
ta‘limda yaxshi samara beradi.Uning ijodini o‗rganish shoir haqida kengroq
tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Furqat ziddiyatli va tahlikali bir zamonda
yashaganligiga qaramay, o‗zidan boy ma‘naviy meros qoldirdi. Uning asarlari
nafaqat o‗zbek adabiyotida, balki chet mamalakatlarda ham sevib o‗rganiladi.
Davlat ta‘lim standartlarida adabiyot ta‘limining maqsad va vazifalari sifatida
quyidagilar ko‗rsatiladi: Umumiy o‗rta ta‘lim maktablaridagi adabiy ta‘lim asosan
sof ilmiy maqsadlarni emas, balki ma‘naviy-axloqiy yo‗nalishlar ustuvorligini
ko‗zda tutadi.
Ular orasida eng muhimlari quyidagilar:
- o‗quvchilarning yosh xususiyatlarini e‘tiborga olgan holda, milliy va jahon
adabiyotining eng munosib namunalari bilan tanishtirish asosida ularning qalbida
vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan
rag‗bat, mehr va muhabbat uyg‗otish;
- ularni fuqarolik va vatanparvarlik ruhida, adabiyotga, milliy, madaniy-
ma‘rifiy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash;
- ularning boy ma‘naviy dunyosini shakllantirish;
- badiiy asar va uning poetik xususiyatlarini o‗rganish asosida o‗quvchida
tanqidiy fikrlashga oid ko‗nikma va malakalarni hosil qilish;
- ulardagi mustaqil fikrlash, ijodkorlik qobiliyatlarining shakllanishi va rivoji
uchun imkoniyat yaratish;
22
Каримов И.А.Баркамол авлод орзуси. – Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси, 1999-йил, 187-бет.
64
- ularda har qanday ma‘naviy xurujlarga nisbatan sog‗lom va baquvvat
e‘tiqodga tayanadigan immunitetni shakllantirish;
- so‗z san‘ati vositasida o‗quvchining individual va shaxslik fazilatlarini
rivojlantirish.
Bu maqsadlarga Furqat ijodini o‗rganish orqali erishish mumkin.
Shoir hayoti va faoliyati haqidagi lavhalar umumta‘lim maktablarining 9-sinf
adabiyot darsligiga va akademik litseyning 2-bosqich o‗quvchilari uchun
mo‗ljallangan darslikka kiritilgan. Boshqa yozuvchi va shoirlar kabi Furqat ijodiga
oid vaqt ham chegaralanganligi bois darslikka shoir hayotining eng muhim jihatlari
kiritilgan, xolos. Shu bois o‗qituvchi boshqa manbalardan foydalanib, ko‗proq
ma‘lumot berishi, zamonoshlarining va adabiyotshunoslarning shoir haqida
bildirgan iliq fikrlaridan o‗qib berishi lozim.
Adabiyotimizning tarixiy taraqqiyotida Furqat ijodi alohida bosqichni tashkil
qiladi, desak, mubolag‗a bo‗lmaydi. Uning xalqni uyg‗onishga, ilm-u marifatni
o‗rganishga va ozodlikka erishishga chorlab yozgan turli maqolalari, nasriy va lirik
asarlari diqqatga sazovor. Shoirning masnaviy yo‗lida yozilgan ―Gimnaziya‖, ―Ilm
xosiyati‖, ―Akt majlisi xususida‖ kabi she‘rlari, ―Qavoidi Chin va umuroti siyosiy‖
nasriy asari, afg‗onlrning ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashi tasvirangan
maqolalari ana shunday asarlar sirasiga kiradi. Darsliklarda yuqorida nomlari
keltirilgan she‘rlarning yozilish sababi keltirlgan-u ular haqida ma‘lumot
berilmaydi. Agar o‗qituvchi bu asarlar to‗g‗risida qisqacha bo‗lsa-da fikr bildirib,
tushuncha berib o‗tsa maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Shoir hayoti va ijodi yuzasidan 9-sinf adabiyot darsligida keltirilgan savol va
topshiriqlar ham diqqatga sazovor. Mualliflar o‗quvchilarni izlanishga, mantiqiy
fikr yuritishga chorlaydigan savollarni savol-topshiriqlarni tuzishga harakat
qilaganlar va bunga erishganlar. Bu jihatdan, Furqatning she‘rlari yuzasidan
tuzilgan savollar o‗z vazifasini to‗laqonli bajara oladi.
65
Furqat adabiyotning bir qancha turida ijod qilgan bo‗lsa-da, biz uni shoir deb
bilamiz, she‘rlarini sevib o‗qiymiz. Furqat she‘riyatning g‗azal, muxammas,
musaddas kabi janrlarida qalam tebratgan. Uning lirikasini turli mavzudagi she‘rlar
tashkil qiladi. 9-sinf adabiyot darsligiga ikkita g‗azali va bir musaddasi kiritilgan
bo‗lib, ularni o‗rganishga ikki soat ajratilgan. Bu she‘rlardan ―Fasli navbahor o‗ldi
ketibon zimistonlar‖ misrasi bilan boshlanuvchi g‗azali, ―Sayding qo‗yaver
sayyod, sayyora ekan mendek‖ misrasi bilan boshlanuvchi musaddasi ijtimoiy
mavzuda yozilgan. G‗azal bir qarashda bahor tasviriga bag‗ishlangandek tuyulsa-
da, undagi ba‘zi misralar she‘rning ijtimoiy mavzuda ekanligini tasdiqlaydi (biz
buni birinchi bobning uchinchi qismida bayon etgan edik). Bu she‘rlarni o‗qitishda
texnik vositalardan foydalanib, darsga musiqiy variantini (qo‗shig‗ini) olib kelib
eshittirsa maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Furqat lirik shoir sifatida takrorlanmas badiiy tasvirlardan foydalanadi.
Jumladan, u ―Surmadin ko‗zlar qaro, qo‗llar hinodin lolarang‖ misrasi bilan
boshlanuvchi
g‗azalida o‗zbek kelinchagini shunday ustamonlik bilan
tasvirlaydiki, bevosita kelinchakning tashqi ko‗rinishi ko‗z oldingizda namoyon
bo‗ladi. Shu payt rassom bo‗lsam-u uning tasvirini qog‗ozga tushirsam, deb o‗ylab
qolasiz.
Xullas, badiiy adabiyot qaysi janr va mavzularda yozilmasin, undan kutilgan
asosiy maqsad insonni tarbiyalashdir. Shu jihatdan qaraganda, Zokirjon
Xolmuhammad o‗g‗li Furqatning ham har bir asari o‗ziga xos axloqiy-ta‘limiy,
ma‘naviy ma‘rifiy ahamiyatga ega. Bu asarlarning umumiy ruhi insonni komillik
ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |