Metodikasi kafedrasi tangirova shaxnoza mavzu: furqat lirikasining yuqori sinflarda


   SHOIR SHE‟RIYATINING MAVZUSI, G„OYAVIY YO„NALISHI



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/35
tarix03.02.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#114196
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
furqat lirikasining yuqori sinflarda organilshi

2.2.   SHOIR SHE‟RIYATINING MAVZUSI, G„OYAVIY YO„NALISHI. 

Furqat  lirikasining  mavzusi  rang-barang,  unda  ifodalangan  g‗oya  insonni 

ulug‗lash, vatanparvarlikka chorlash. Uning she‘riyatida insonning insonga, Haqqa 

va Vatanga  bo‗lgan muhabbati badiiy  misralarda ta‘sirli aks etgan. Furqat hayoti 

Rossiya bosqini davriga to‗g‗ri kelganligi sababli uning ijodini ijtimoiy mavzudan 

yiroq deb ayta olmaymiz.   

Chor  Rossiyasining  mustabid  siyosati  Turkiston  xalqlari  hayotining  barcha  - 

siyosiy,  iqtisodiy  va  ma‘naviy  jabhalarini  birday  zanjirband  qilganligi  ma‘lum. 

Tabiiyki, millatparvar ziyolilar,  jumladan, Furqat ham bunga befarq bo‗lgan emas. 

Furqat ―Munojoti musaddas‖  asarida bu holni ―Kuffor bandi ichra sonsiz tugunda 

qolduk‖  deya  og‗ir  iztirob  bilan  ta‘riflaydi.  Shoirning  mazkur  asaridagi  quyidagi 

misralar  ham  istibdod  iskanjasida  qolgan  yurt  taqdiriga  kuyinish  hissi  bilan 

yo‗g‗rilgan: 

Qozi-yu mufti, a‘lam doim hazinu ma‘yus, 

Din posini tutay deb zindoni g‗amda mahbus, 

Bechoralar na qilsun bo‗lsa siyosati Rus, 

Qo‗ymaydi bir tarafdin xalq ichra mangu nomus, 

Rahm aylagil, Xudoyo, bechora, xastalarga, 

Ranjuru zoru mahzun ko‗ngli shikastalarga. 

Ushbu  misralar  orqali  mustamlaka  siyosatining  haqsizlikka,  zulmga 

asoslanganligini  ochiq-oydin  tasvirlagan  shoir  musaddasning  boshqa  bir  bandida 

istibdod  iskanjasida  yurt  iqtisodiyoti  inqirozga  yuz  tutganligini,  ahli  bozor 

nakbatga  qolganligini,  tijoratning  kasodga  uchraganligini  chuqur  dard  bilan 

ifodalaydi: 



Uch yil bo‗lurki qolmish nakbatga ahli bozor, 

Ko‗rmas tijoratidin ko‗p naf‘ xayli tujjor, 

Ahli hunarda ham yo‗q chandone ravnaqi kor

Yo‗qdur o‗zungdin o‗zga bir mehribonu g‗amxor, 


 

 

45 



 

Rahm aylagil, Xudoyo, bechora, xastalarga, 

Ranjuru zoru mahzun, ko‗ngli shikastalarga. 

―Uch  yil  bo‗lurki  qolmish  nakbatga  ahli  bozor‖  misrasi  asarning  Qo‗qon 

xonligi  rus  qo‗shinlari  tomonidan  bosib  olinganiga  uch  yil  bo‗lgan  paytda 

yozilganligini  ko‗rsatadi.  Furqatning  shoir  Abdulhaq  maxzum  Roiq  arxividan 

aniqlangan  ―Begim‖  radifli  dastxat  she‘rida  ham  shunga  monand  fikrlar 

ifodalangan: 



Shu‘bada izhor etib nogoh charxi hiylasoz, 

Boshladi afsun ila makru dag‗osidin, begim. 

G‗unchai davlatni gul yanglig‗ parishon ayladi, 

Tundbodi hodisoti mojarosidin, begim. 

Oxirulamr hukumat gulshani bo‗ldi xazon, 

Keldi zog‗u qoldi bulbullar navosidin, begim. 

Ushbu  baytlarda  yurtning  taraqqiyot  quyoshi  so‗nib,  tanazzul  shomi 

boshlanganligi  so‗ngsiz  hasrat  bilan  ifoda  etilgan.  Charxi  hiylasozning  afsun  ila 

makru  dag‗osi  —  o‗sha  paytda  mamlakatda  kechgan  fitna-fasodlar,  inqiroz 

jarayoni  timsoli.  Natijada  ―...g‗unchai  davlat  gul  yanglig‗  parishon  bo‗lgan. 

Hukumat  gulshani  xazonga  aylangan‖.  Zog‗lar  kelishi  bilan  bulbullar  navosi 

tingan. Bulbul bog‗da sayraydi. Zog‗ning makoni esa - vayrona. Ta‘kidlash joizki, 

mustamlaka  Turkistonining  ayanchli  ahvolini  Furqatgacha  hech  qaysi  shoir 

bunchalik  ta‘sirli  ifodalay  olgan  emas.  O‗sha  tarixiy  vaziyatda,  o‗sha  ijtimoiy 

muhitda  bu  so‗zlarni  bitish  chinakam  jasorat  edi.  Furqatning  istibdodga,  jabru 

zulmga, adolatsizlikka bo‗lgan nafrati boshqa asarlarida ham aks etgan. Jumladan, 

―Bo‗ldi‖ radifli muxammasida shoir shunday yozadi: 




Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin