5
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‗zbekiston davlatining mustaqillik davridagi
taraqqiyoti ijtimoiy-siyosiy hayotimizning barcha qirralarida bo‗lgani singari
madaniy-ma‘rifiy sohalarda ham tarixiy o‗zarishlarni yuzaga keltirmoqda. Istiqlol
mafkurasi tufayli ―Tilimizni, dinimizni, urf-odatimizni, ma‘naviy qadriyatlarimizni
butkul yuqotib qo‗yish xavfidan saqlab, asrab-avaylab, ularning azaliy mazmuni
va qudratini tiklash…‖
1
darajasiga erishdik. Qadimiy merosimiz ildizlarini
ko‗rsatish, o‗tmishdagi boy an‘analarni, milliy qadriyat va ma‘naviy
boyliklarimizni yangi jamiyat qurilishiga tadbiq etish bugungi hayotimizning bosh
vazifalaridan biriga aylandi.
Vatanimiz mustaqilligi yillarida maktab hayotida tub o‗zgarishlar yuz berdi:
maktab kommunistik tashviqot va targ‗ibot iskanjasidan qutulib, ijodiy fikrlovchi,
muttasil rivojlanadigan mustaqil jamoa maqomini oldi; yoshlar ta‘limi va tarbiyasi
bilan mashg‗ul ijtimoiy institutlar son va sifat jihatdan o‗sdi, litsey, kollej,
magistraturalar ko‗paydi; yangi ta‘limning yangi konsepsiyalari yaratilib, dastur,
darslik, o‗quv qo‗llanmalari ishlab chiqildi; davlat ta‘lim standartlari qabul qilindi.
Ta‘lim jarayoniga, uni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish amaliyotiga yangi
g‗oyalar kirib keldi. Ana shunday ilg‗or qarashlardan biri adabiyot o‗qitish
metodikasi muammolaridir. Barchamizga ma‘lumki, adabiyot boshqa fanlarga
nisbatan ikkita vazifani bajaradi: ta‘limiy va didaktik vazifa. Bu vazifalarga
erishish uchun turli metod va usullardan foydalanish mumkin. Chunki,
o‗qituvchiga dars davomida adabiyot tariximizdagi yozuvchi va shoirlarning
asarlarini o‗qitish muammo tug‗diradi. Shu sababli, mazkur bitiruv malakaviy
ishimizda shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim
Zokirjon Xolmuhammad o‗g‗li Furqat hayoti va ijodining maktab va akademik
litseylarda o‗rganish usullari haqida fikr yuritmoqchimiz.
1
Каримов И.А. Истиклол ва маънавият. – Т.: Узбекистон.1993-йил, 71-бет.