Metodlari va vositalari


ilimlarni o’z vaqtida nazorat qilish va baholash nima uchun kerak, uning qanday ahamiyati bor, u qanday  vazifa bajaradi? degan  savol sizni qiziqtirsa kerak



Yüklə 177 Kb.
səhifə5/7
tarix31.12.2021
ölçüsü177 Kb.
#113053
1   2   3   4   5   6   7
ta'lim metodlari

ilimlarni o’z vaqtida nazorat qilish va baholash nima uchun kerak, uning qanday ahamiyati bor, u qanday  vazifa bajaradi? degan  savol sizni qiziqtirsa kerak.

 

      

 

 



 

 

 



  1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasida bilim, iqtidor va ko’nikmalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.

       2. Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqni o’stirish    funksiyasi. Nazorat natijasida talabalarda o’z bilim, iqtidor va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish ishtiyoqi uyg’onadi.

       3. Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi. Rivojlanish faol o’quv orqali, shu jumladan nutq faoliyati orqali amalga oshiriladi.

       4. Тahsil funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalar o’z bilimlarini  mustahkamlaydilar. O’quv materiali yanada chuqur o’zlashtiriladi.

       5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi. Nazorat  jarayonida  talabalarning psixologik ijobiy xislatlari shakllanib boradi.

       6.Nazoratni xususan baholash funksiyasi. Nazorat natijasida sifat o’zgarishlarining me’yori aniqlanadi.

       Nazorat jarayonida uning yozma, og’zaki va amaliy usullaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayonda og’zaki so’rash orqali o’zlashtirishni  nazorat qilish keng tarqalgan. Bu asosan savol - javoblar orqali olib boriladi. Bunda yakka so’rash, frontal surash kabi turlari qo’llaniladi.

       O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning  "O’zbekiston kelajagi buyuk davlat" va "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li", "Istiqlol va ma’naviyat" kabi asarlarida mustaqil O’zbekistonning ma’naviy hayotining kelajagi haqida asosiy yo’nalishlar belgilab berilgan. Jumladan, mutaxassislar tayyorlashda ularni intellektual rivojlantirish zarurligini alohida qayd qilingandi.

       Yoshlarni tarbiyalash jarayoni ma’naviy - intellektual rivojlanish sifatlarini aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan.

       Boshlang’ich sinfdan boshlab o’quvchidagi bor imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish ustida muntazam ishlansa, bolaning intellektual imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga  asos solinadi. O’quvchilar tafakkurini rivojlantirishning eng samarali yo’li o’quvchilarda ongli bilim, mustahkam ko’nikma va malakalarni shakllanish jarayonini ularning  tarbiyasi bilan birga tashkil etishdir. Buning uchun o’qituvchi  tinimsiz izlanishi, o’qitishning yangi texnologiyalaridan samarali foydalanishi lozim.

       O’quvchilarning intellektual imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish ularning bilim faoliyatining psixologo-pedagogik qonuniyatlarini chuqur  bilishni taqozo etadi.

        


Yüklə 177 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin