. Bronza davri, uning yodgorliklari. Ajdodlarimiz miloddan avvalgi 3 minginchi yillardayoq misga qalay aralashtirib bronza, ya’ni qattiq metall qotishmasi olishni, undan pishiq va qattiq mehnat qurollari, qilich, xanjar, uy-ro’zg’or buyumlari, zeb-ziynat bezaklari yasashni o’zlashtirib oladilar. Bu davr bronza davri deb nom oldi. Bronzaning kashf etilishi metallurg hunarmandlarni, metallurgiya ustaxonalari va zargarlik korxonalarini vujudga keltirdi.Eneolit va bronza davri mehnat qurollari: 1.Eritilgan mis, qalay aralashmasi quyiladigan tosh va loyqoliplar; 2Bronza qotishmasidan tayyorlangan bolta, o’roq, ketmon, tesha; 3Misdan, bronzadan yasalgan igna, nayza, xanjar, qilich; 4.Misdan yasalgan taqinchoq, bezak va boshqa buyumlar; 5Er haydaydigan omoch; 6.Yog’och arava. Bronza davrida yashagan ajdodlarimiz ho’kiz, ot, eshak va tuyadan transport vositasi sifatida foydalanganlar. Hayvonlar qo’shilgan g’ildirakli aravalar vujudga keladi. O’zbekiston hududidan eneolit va bronza davri odamlari hayotini tasvirlovchi ko’plab manzilgohlar topib o’rganilgan. Buxoro viloyati Qorako’l tumani markazidan 15 km. shimolisharqdagi Zamonbobo ko’li atrofida 1950 yillarda Ya.G’.G’ulomov, 1960 yillarda A.Asqarov tadqiqot ishlari olib borib, eneolit va bronza davri odamlarining makoni va qabristonini topib o’rganadilar. Bu Zamonbobo madaniyatideb ataladi.
. Buxoro amirligining iqtisodiy hayoti. Amirlikdagi iqtisodiy ahvol va mulkiy munosabatlar o’rganilganda shunga amin bo’ldikki, iqtisodiy hayotda Buxoro amirligi axolisining katta qismi dehqonchilik bilan shug’ullangan. Yerning ko’p qismi davlatning qo’l ostida bo’lib, u «amloki podshohi» yoki «mulki sultoni» deb atalgan. Yerning 2-qismi odamlarning xususiy mulki hisoblanib, uning talay qismi boylarning qo’l ostida edi. Bunday yerlar «mulk yerlari» deb yurgizilgan. Erning 3-qismi masjid, madrasa va mozorlarni moddiy jihatdan ta’minlash maqsadida vaqf nomi bilan berilgan. Davlat yerlarining ma’lum qismi amirlar tomonidan xizmat ko’rsatgan nufuzli kishilarga umr bo’yi foydalanish uchunin’om qilingan. Bu xildagi yerlar «suyurg’ol» yoki «tanho» nomi bilan atalgan. Dehqonlar paxtachilik, ipakchilik, kanopchilik, polizchilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Minglab kishilarni qamrab olgan hunarmandchilik keng qo’lamda rivojlangan. Uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarning muhim buyumlari sifatida juda qadrlangan. Qishda (1834 yili) Buxoroda bug’doyning bir botmoni 12—14 tanga miqdorida, kunjutning bir botmoni 18—19 tanga, arpa (javdar(i))ning bir botmoni10,5 tanga, no’xatning bir botmoni 20 tanga miqdorida sotilgan. Qarshi va Miyonkol hududlarida juda ko’p tamaki yetishtirilgan. Qarshi tamakisi eng yaxshi sifatli tamaki hisoblangan.Shuningdeq Buxoroda juda kattamikdorda uzum yetishtirilardi. Uzumning husayni, sohibi, toifi, ishburxoni, siyohi, kishmishnavlari ko’p. Mayiz qilishga e’tibor juda katta bo’lgan, soyada quritilgan kishmish—soyaki deyilgan. Oftobda kuritilgani esa oftobi deyilgan. Bundan tashqari Buxoroda bog’yaratishga katta e’tibor berilgan. O’rik, bodom, gilos, olcha, yovvoyi gilos, tog’ olchasi,pista, shaftoli, nok olxuri, olma, yong’oq, behi, anor hamda tutlarning katta-katta bog’lari mavjud bo’lib, ulardan ko’plab hosil olingan